Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi 5-Charx Kamolon okrugi deputati Maxmudova Donoxon Artikovna mahallada xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida mahallada xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xotin-qizlar muammolarini barvaqt aniqlash va hal etishga qaratilgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalla miqyosida ayollarning jamiyat hayotidagi ishtirokini yanada faollashtirishga doir amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar berildi.
Deputat mahalladagi xotin-qizlar faollari bilan muloqot qilib, ularning kundalik faoliyati, aholi bilan olib borilayotgan ishlar, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, yosh qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni ta’lim va kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, okrug ayollari bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida xotin-qizlarni qiziqtirayotgan masalalar, mavjud muammolar va takliflar tinglandi. Murojaatlar yuzasidan tegishli tartibda choralar ko‘rish va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda faolligini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.