Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“YURT OBODLIGI AVVALO MAHALLADAN BOSHLANADI.”

 Buloqboshi tumanida turizm salohiyatini yanada rivojlantirish hamda hududga tashrif buyurayotgan mehmonlar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida turizm zonalariga olib boruvchi 10-“Shirmonbuloq”,11-“Qaqir”,12-“Sarbontepa” saylov okrugi yo‘llarida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. 

Mazkur ishlar doirasida yo‘l bo‘ylarini tartibga keltirish, yo‘llarni ta’mirlash, piyodalar yo‘laklarini barpo etish hamda hududni yanada ko‘rkam va shinam ko‘rinishga keltirish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, yo‘l chetlariga daraxt va gul ko‘chatlari ekilib, turizm zonasiga olib boriladigan yo'llar ekologik va estetik ko‘rinishi yaxshilanmoqda. 

Olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari nafaqat sayyohlar uchun qulaylik yaratish, balki mahalliy aholining ham turmush sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Mazkur bunyodkorlik ishlari kelgusida Buloqboshi tumanining turizm jozibadorligini yanada oshirishga zamin yaratadi.  

Slide 1 of 4