Bozordagi narx-navolar deputat nazoratida
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati T.Lutfullayev Toshrabot dehqon bozoriga tashrif buyurib, u yerdagi narx-navolar va savdo jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida bozorda sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari narxlari, ularning aholi uchun qulayligi hamda savdo shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, sotuvchilar bilan muloqot qilinib, bozor faoliyati yuzasidan fikr va takliflar tinglanib, kerakli tavsiyalar berildi.
Bunday o‘rganishlar aholi uchun muhim bo‘lgan masalalarni joyida ko‘rib chiqish va bozorlardagi holatni nazoratda ushlab borishga xizmat qiladi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati