Yangiliklar

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Sh.Madaminova Uvaysiy saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, infratuzilmani yaxshilash hamda yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan yo‘llar ta’miri, kommunal xizmatlar sifati, ichimlik suvi ta’minoti hamda obodonlashtirish ishlari yuzasidan taklif va murojaatlar bildirildi.

Deputat har bir murojaatni atroflicha o‘rganib chiqib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rishini ta’kidladi.

Slide 1 of 4