Doimiy komissiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-223-sonli Farmonining tumanda ijrosi to‘g‘risida.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish oʻrinlarini yaratish hamda kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-49-sonli qarorining tumanda ijrosi to‘g‘risida.
3. Gurlan tumani “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-48-son qarorining tumanda ijrosi to‘g‘risida.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-sonli qarorining ijrosi to‘g‘risida.
Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan masʼul tashkilotlar hisobot va axborotlari tinglanib, aniq vazifalar belgilandi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.