📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi doimiy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashida “Yettinchi chaqiriq” Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining yigirmanchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya majlisi o‘tkazildi.
Majlis davomida tuman “Energiya sotuv” bo‘limi rahbari hisoboti ko‘rib chiqildi.
Muhokamalar jarayonida deputatlar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar tinglanib, ko‘rib chiqilgan masalalar navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish uchun ma’qullandi.