Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati Raximkulov Jamshid Yo‘ldoshovich o‘z saylov okrugiga qarashli Qorasuv hamda Gulzor mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 🔄Uchrashuv davomida mahallalarda aholi bilan ishlash tizimi, ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlar bilan ishlash, xotin-qizlar masalalari, profilaktika va ijtimoiy himoya yo‘nalishlaridagi vazifalar yuzasidan fikr almashildi. 🔊Deputat mahalla yettiligi a’zolarining kundalik faoliyati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash jarayonlari hamda hududda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlariga alohida e’tibor qaratdi. ⭐️Mazkur tashrif mahallalarda olib borilayotgan ishlarni yanada samarali tashkil etish, aholi bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda mavjud muammolarga yechim topishga xizmat qiladi.