#jarayon
Tuman Kengashi deputati tomonidan MFY faoliyati o‘rganildi
📍Tuman Kengashi deputati B. Baxovadinov tomonidan Uyg‘ur MFY yettiligi faoliyati joyida o‘rganildi. O‘rganish jarayonida mahallada olib borilayotgan ijtimoiy-ma’naviy ishlar, aholi bilan muloqot, muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish borasidagi faoliyatga alohida e’tibor qaratildi.
🖋Deputat tomonidan yettilik a’zolarining vazifalarni bajarish holati, murojaatlar bilan ishlash samaradorligi hamda mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, aholining bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
❗️O‘rganish yakunida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, kelgusida mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi!