Uchrashuv davomida deputat aholi bilan ochiq muloqot olib borib, fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid taklif va tashabbuslar yuzasidan fikr almashdi. Aholi tomonidan kommunal xizmatlar sifati, infratuzilma, bandlik hamda obodonlashtirish ishlari bo‘yicha murojaatlar bildirildi.
Sh. Madaminova har bir murojaatni atroflicha tinglab, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishini ta’kidladi.