Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📌 “Qo‘ng‘irot” mahallasida uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Rasulov Jamshid tomonidan hududdagi dolzarb masalalar yuzasidan ishlar olib borilmoqda.

Deputat Ishtixon tumani hokimi o‘rinbosari — tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i S. Ochilov bilan birgalikda “Qo‘ng‘irot” mahallasiga tashrif buyurib, mahalla binosida mahalla raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida hududdagi mavjud muammolar muhokama qilindi. Jumladan:

🔹 “Qo‘ng‘irot” mahallasidan M-37 avtomobil yo‘liga chiqadigan yo‘l masalasi;

🔹 elektr ta’minotiga oid ustunlar (stolba);

🔹 yopiq kabel tarmog‘i;

🔹 transformator bilan bog‘liq muammolar.

Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tartibda chora-tadbirlar belgilash va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Hududlarda aholini qiynayotgan masalalarni tizimli ravishda ko‘rib chiqish ishlari davom etmoqda.

Slide 1 of 3