Kuni kecha xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi va tuman hokimligi tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul jarayonida tuman xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri L.Mamadiyorov, tuman hokimligi vakillari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Unda fuqarolar tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi bilan bog‘liq masalalar, infratuzilma va kommunal xizmatlarga oid murojaatlar, shuningdek, moddiy yordam so‘rovlariga oid masalalar ko‘tarildi.
Har bir fuqarolarning murojaati joyida atroflicha o‘rganilib, tegishli mas’ul tashkilotlarga hal qilish bo`yicha aniq topshiriqlar berildi.