Lola MFY hududida PQ-330 doirasidagi mablag‘lar sarfi o‘rganildi ⚡️🛣
Namangan shahar Lola MFY da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” PQ-330-son qarori асосида ajratilgan mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi yuzasidan deputatlik o‘rganishi amalga oshirildi.
✍️O‘rganish davomida ajratilgan mablag‘larning bir qismi mahallada elektr infratuzilmasini yaxshilashga sarflanib, 787 ta elektr ustuni hamda 1 dona transformator o‘rnatilgani aniqlandi. Shuningdek, qolgan mablag‘lar hududdagi ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari uchun rejalashtirilgan.
✅Amalga oshirilgan ishlar joyida ko‘zdan kechirilib, ularning amaldagi holati o‘rganildi✍️