Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Oybek Qurolboyev shahardagi "Oltin" mahallasida istiqomat qilayotgan ishsiz yoshlar bilan suhbat o‘tkazdi.
📌 Suhbat davomida yoshlarning: — bandlik masalalari,
— kasbga yo‘naltirish,
— ijtimoiy muammolari atroflicha o‘rganildi.
📄 Bildirilgan murojaatlar va takliflar tegishli mutasaddi tashkilotlarga belgilangan tartibda yo‘naltirildi hamda ularning ijrosi nazoratga olindi.
🎯 Asosiy maqsad — yoshlarning muammosiga befarq bo‘lmasdan, yechim topish, ularni jamiyatda munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashishdir.
📍 Yoshlar bilan muloqot — kelajak bilan muloqotdir.