MUNOSABAT:
Deputat Ernazarova Muqaddas Azadovna
Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyev tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga
oshirilayotgan islohotlar, xususan, xususiy maktab va bog‘chalarda bir yillik
tayyorlov guruhlarini tashkil etish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlayman.
Ta’limning sifatini oshirishga qaratilgan yangi chora-tadbirlar - o‘yinga
asoslangan ta’lim modeli, “Yangi avlod” davlat bog‘chalari va Bolalarni
rivojlantirish innovatsion markazlari, dual ta’lim tizimi hamda tayyorlov
guruhlarida elektron sertifikatlar joriy etilishi
-
pedagoglar va yoshlarga keng imkoniyat yaratadi. Shuningdek, qamrov darajasi past hududlarda
tadbirkorlar uchun imtiyozlar belgilanishi va nodavlat bog‘chalarni
qo‘llab-quvvatlash ham ijobiy qadam hisoblanadi. Prezidentimiz tashabbuslarini
qo‘llab-quvvatlab, ta’lim sohasida belgilangan vazifalarni bajarishda faol
ishtirok etishga tayyorman.