Joriy
yilning 2 fevral kuni Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi raisi hamda 20-Mahdumi
A’zam saylov okrugidan deputat J.Abdullaev ishtirokida Tuman hududida joylashgan
Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1–4-sonli maktablarda ta’lim-tarbiya
ishlari, maktablarni isitish tizimi, maktab o‘quvchilarining darslarga qatnashishi,
yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha o‘rganish ishlari amalga
oshirildi.
O‘rganish jarayonida asosiy e’tibor rahbarlar va xodimlar tomonidan xizmat intizomiga rioya
qilinishi, o‘quvchilar davomatini yuritish, ta’lim muassasalaridagi obodonlashtirish
ishlari, ta’lim-tarbiya jarayoni hamda yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga
amal qilinishiga qaratildi.