Yangiliklar

📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Baxtigul Asrorova saylovchilar bilan uchrashdi

📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Baxtigul Asrorova saylovchilar bilan uchrashdi

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Baxtigul Asrorova tomonidan Qo‘rg‘oncha mahallasida yashovchi saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

🤝 Uchrashuv davomida mahalla aholisini qiynab kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, kundalik turmush bilan bog‘liq muammolar hamda fuqarolarni qiziqtirgan savollar muhokama qilindi. Deputat tomonidan bildirilgan murojaatlar diqqat bilan tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli taklif va tushuntirishlar berildi.

📋 Shuningdek, ayrim masalalar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi, muammolarni joyida o‘rganish va ijobiy hal etish choralari ko‘rilishi belgilab olindi.

🤝 Bunday uchrashuvlar xalq bilan muloqotni mustahkamlash, aholi muammolarini bevosita joyida o‘rganish va ularni hal etishga xizmat qilmoqda. 

Slide 1 of 1