Yangiliklar

murojaatnoma targ‘iboti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga hamda o‘zbek xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar va islohotlar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida 25-Charxin saylov okrugida targ‘ibot-tushuntirish tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati F.Turayev tomonidan Murojaatnomada ilgari surilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi farovonligini oshirish, mahallalarni rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar haqida ishtirokchilarga tushunarli ma’lumotlar berildi. Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, bunday targ‘ibot tadbirlari fuqarolarning islohotlarga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash va jamoatchilik faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4