Davlatimiz rahbarining tashabbuslari nafaqat yirik siyosiy va iqtisodiy darajada, balki joylarda, xususan tumanlar kesimida ham ijobiy natijalar berayotganini amaliyotda ko‘rmoqdamiz. Bu esa xalqimiz farovonligiga, turmush darajasining yuksalishiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda.
Tuman Kengashi deputati sifatida, ushbu tashrif orqali belgilangan strategik maqsadlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Ayniqsa, mintaqaviy darajada ham savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirish, xalq manfaatiga xizmat qiladigan loyihalarni mahalliy darajada qo‘llab-quvvatlash borasida o‘z vakolatlarim doirasida harakat qilishga tayyorman.
Xalq Deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati
O`skanov Jasur Islom o`g`li