Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📝 Yig‘ilish: Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash choralari muhokama qilindi
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – BARCHAMIZNING BURCHIMIZ
янв.21
Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Mamatmuratov A’zamat Karamtovich “Guliston” mahallasidagi 18-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
🗳️ DEPUTATNING SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVI
янв.21
Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining o‘n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
OLTINSOY TUMANIDA SOG‘LIQNI SAQLASH SOHASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Atrof-muhit muhofazasi va “yashil” iqtisodiyot yo‘nalishidagi vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Oltinsoy tumanida doimiy komissiya yig‘ilishida ijtimoiy xizmatlar faoliyati muhokama qilindi
янв.21
Oltinsoy tumani deputatlari aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, dolzarb muammolar o‘rganildi
янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI JOYIDA HAL ETISH — DEPUTATLAR UCHRASHUVI VA SAMARALI HAMKORLIK NEGIZIDA
“Deputatlik so‘rovlari” ijrosi ta’minlanmoqda

“Deputatlik so‘rovlari” ijrosi ta’minlanmoqda

Xalq dardi – deputatlar uchun eng katta mas’uliyat hisoblanadi. Fuqarolarning har bir murojaatiga befarq qaramasdan, ularning muammolariga yechim topish – xalq vakillarining asosiy vazifasi sanaladi.

Shu maqsadda, xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP deputatlik guruhi a’zolari Ozodaxon Dadajonova va Shuxratjon Rahimov tumanda istiqomat qiluvchi fuqarolarning ko‘p yillik murojaatlarini o‘rganib, masalani hal qilish uchun tuman hokimining birinchi o‘rinbosari nomiga rasmiy “Deputatlik so‘rovi” yo‘llashdi.

Ushbu deputatlik so‘rovi mas’ul tashkilotlar tomonidan chuqur o‘rganilib, ijobiy natijaga erishildi. Eng muhimi, masalani bartaraf etish uchun zarur mablag‘lar ajratildi.

📌 Buning o‘zi xalq vakili tashabbusi orqali amaliy yordam ko‘rsatish mexanizmi samarali ishlayotganidan dalolatdir. Chunki deputatlik nazorati – qog‘ozda emas, hayotda o‘z ifodasini topishi kerak.

Xalqning xavfsizligi, farovonligi va munosib turmush sharoiti – kechiktirib bo‘lmaydigan ustuvor vazifadir!

Slide 1 of 5