Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlari joylarda o‘z saylovchilari bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati X.Abdimo'minovning tumandagi 1-sonli maktabda o‘z saylovchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida deputat tomonidan saylovchilarga o‘tgan davr mobaynida deputatlik faoliyatiga doir qilingan ishlar to‘g‘risida axborot berilib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi borasida qilinayotgan ishlar xususida tushuntirish ishlarini olib borildi.
Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan o‘rtaga tashlangan masalalarga deputat tomonidan bevosita javob berildi va kelgusida ularni hal qilish bo‘yicha amaliy yordam berilishi aytildi.