🗓️ Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati Raximov Mutallib Amirqulovich o‘zining Yangikent saylov okrugiga qarashli Bo‘ston MFY, Bo‘ston qishlog‘ida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
🤝 Uchrashuv davomida mahalla hayoti va aholini qiynayotgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Jumladan:
1️⃣ “Xavfsiz hudud — xavfsiz mahalla” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar va ularni samarali tashkil etish;
2️⃣ Yo‘l harakati qoidalariga rioya etish masalasida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish;
3️⃣ Bo‘ston mahalla yettiligining 2025-yil I-yarim yilligi bo‘yicha faoliyati yuzasidan hisobot taqdimoti va muhokamasi;
4️⃣ 67-umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati va mavjud ehtiyojlar.
📌 Saylovchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, taklif va muammolar deputat tomonidan tegishli tashkilotlar bilan birgalikda o‘rganilib, ularning ijobiy hal etilishi yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.
✅ Uchrashuv ochiq muloqot ruhida, fuqarolarning faolligi asosida o‘tdi.