Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yettinchi sessiyasida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-dekabrdagi “Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-440-sonli qarori ijrosi bo‘yicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimi G‘.Soliyevning hisoboti to‘g‘risida.
2. Jamoatchilik fikri asosida 2025-yil 1-mavsumida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish va “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dan mazkur tadbirlarga mablag‘lar ajratish to‘g‘risida.
3. Bag‘dod tumanida suv istemolchilariga 2025-yil vegetatsiya davri uchun suv olish limitlarini belgilash to‘g‘risida.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-39-son qarori ijrosini ta’minlash boʻyicha 2025-yil 1-chorakda amalga oshirgan ishlar yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari S.Davlatovning hisoboti.
Kun tartibidagi masalalar boʼyicha deputatlar tomonidan fikr-mulohaza va takliflar bildirildi. Muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.