Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Doimiy komissiyalar qo'shma yig'ilishi bo'lib o'tdi

Bugun Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi doimiy komissiylarining qo`shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda doimiy komissiyalar raislari va a’zolari, Kengash kotibiyati mudiri va bosh mutaxassisilari, tuman hokimining o`rinbosarlari, tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar. Qo'shma yig'ilishda navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilayotgan masalalar dastlabki tarzda ko‘rib chiqilib muhokama qilindi. Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi tomonidan qabul qilingan Qarorlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi. Kun tartibidagi masalalar bo`yicha doimiy komissiyalarning qarorlari qabul qilindi. 

Slide 1 of 11