Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashi 22-«Yonariq» saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Kuchimova «Yonariq» MFYda joylashgan 15-umumtaʼlim maktab o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida davlatimiz tomonidan taʼlim sohasiga berilayotgan eʼtibor va amalga oshirilayotgan islohatlarning natijasida farzandlarimiz, qolaversa pedagoglar uchun keng imkoniyatlar yaratilganligi bo‘yicha targ’ibot-tushuntiruvlar berdi. Maktab jamoasiga homiylarni jalb etgan holda deputat Sh.Kuchimova tamonidan 20 mln so`m moddiy yordam maktabda o’quv sharoitlarini yahshilashga ajratildi.