Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi 17-Sardoba saylov okrugi deputati Dilfuza Egamqulova o‘z saylov okrugida o‘rganishlar olib bordi.

Oqoltin tumanida 2025-yilda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida, ichki sug‘orish tarmoqlarini (kanal va ariqlarni) betonlashtirish, irrigatsiya tizimlarida suv yo‘qotilishi darajasini qisqartirish maqsadida tumanning A.Navoiy mahallasida olib borilayotgan ishlar sifatini ko‘zdan kechirdi.

A.Navoiy MFYdagi Tadbirkorlar, Shifokorlar, Sayram, Sayxun va Paxtazor ko‘chalariga rejadagi 1,5 km masofa lotok o‘rnatish ishlari bugungi kunda 0,9 km qismi bajarilgan, 0,6 km qismiga lotoklar olib kelinib, o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. 1 dona nasos agregati o‘rnatilgan lekin elektr ta’minotiga ulanmaganligi aniqlandi.

Slide 1 of 5