Deputat qabuli
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Umar Juvanov Beshkapa mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul jarayonida har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi hamda ijro muddati belgilandi.
Qabul yakunida murojaatlar bilan ishlashda shaffoflik, ochiqlik va mas’uliyat asosiy tamoyil bo‘lishi lozimligi alohida ta’kidlandi. Har bir fuqaroning murojaati e’tiborsiz qolmasligi va mavjud imkoniyatlar doirasida yechim topilishi zarurligi qayd etildi.