Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida universitetning ayol professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talaba-qizlari ishtirokida “Ayollarning jamiyat va siyosatdagi o‘rni” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning asosiy maqsadi — ayollarning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, ularning siyosiy faolligi, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki va yetakchilik salohiyatini yoritish, shuningdek, talaba-qizlarni ongli hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lishga, ijtimoiy mas’uliyatni his qilishga da’vat etishdan iborat bo‘ldi.
Shuningdek, turli sohalarda yutuqlarga erishgan ayollar misolida yoshlar uchun motivatsion chiqishlar tinglandi. Tadbir ishtirokchilari o‘zaro fikr almashdilar, savol-javoblar orqali mavzuni chuqurroq tahlil qilishdi. Talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi va bunday tashabbuslar ularning ijtimoiy faolligini oshirishda muhim rol o‘ynashini ta’kidlashdi.