Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman Kengashining navbatdan tashshqari 12-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman Kengashining 11-sessiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Қонунлар тарғиботи олиб борилди.
янв.21
Pedagoglarning huquqiy ongi va madaniyati oshirilmoqda
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Axoli bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
Маҳалла муаммолари депутат назоратида
янв.21
Xalq deputatlari Oltinkoʻl tuman Kengashi kotibiyat mudiri U.Xolmatov hamda Erkin saylov okrugi deputati Sh.Mamadaliyeva Erkin, Maqsad, Ittifoq mahallalariga borib aholi bilan uchrashib, muammolarni oʻrganishdi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralari belgilandi.
янв.21
Халқ депутатлари Олтинкўл тумани Кенгашининг ўнинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Bugun Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, idora-tashkilot rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda OAV hodimlari ishtirok etdilar.  

Sessiya kun tartibida: 

- Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, korrupsiyaviy holatlarga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish yuzasidan Urganch tumani prokurori S.Gaybiyevning axboroti to‘g‘risida; 

- Urganch tumani hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish va korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etish borasida olib borilgan ishlar yuzasidan tuman IIB boshlig‘i B.Xaitbayevning hisoboti to‘g‘risida; 

- Urganch tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorazm viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni
jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-410-sonli qarorining ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida
; 

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevralda “Qonunchilik hujjatlari ijrosinisamarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmonining ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini taʼminlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-sonli qarorining ijrosi haqida; 

- Bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiyasining faoliyati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati Urganch tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori, Bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiyasi raisi o‘rinbosari A.Ro‘zmetovning axboroti to‘g‘risida; 

- Xalq deputatlari tuman Kengashi huzurida Yoshlar maslahat guruhini tashkil qilish to‘g‘risida; 

- Jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” portali orqali 2025-yil 1-mavsumida o‘tkazilgan tashabbusli budjet jarayonida eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgan takliflarga “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dan mablag‘ ajratish to‘g‘risida va boshqa masalalar. 

Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlarining hisobotlari va axborotlari tinglandi, shundan so‘ng deputatlar fikr hamda mulohazalarini bildirdilar, o‘zlarini qiziqtirayotgan savollarga javob oldilar. 

Shuningdek, 2024-yilda tumanda sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar va ularning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlar,
mahalliy davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining bugungi holati tahlil etildi.
  

Slide 1 of 10