Tibbiy xizmat sifati – deputat e’tiborida
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati Z. Shomurodova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov tomonidan Navgadi mahallasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida fuqarolarga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi, tibbiyot xodimlarining murojaatlar bilan ishlashi, aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari hamda mavjud muammolar holatiga e’tibor qaratildi.
🔹Shuningdek, tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash, aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasidagi ishlarni kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
👉Aholiga sifatli va tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi deputatlik nazoratida.