Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oltinkoʻl tuman Kengashining 13-sessiya yigʻilishi oldidan doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda 5 ta masala muhokama qilinib, sessiya kun tartibiga kiritildi.
янв.21
Oltinko‘l tumani hokimi, Kengash deputati O. Rasulov 36-umumta’lim maktabida “Oqtepa” va “Bo‘ston” mahallalaridagi ishsiz yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Uchrashuv davomida yoshlarni ish bilan ta’minlash, kasbga yo‘naltirish va bandlik masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Олтинкўл тумани халқ депутатлари кенгашининг котибият мудири У.Холматов ишсиз ёшлар билан учрашувлар ўтказиб, 1нафар ёшни ишга жойлаштирди.
янв.21
Ёшлар тарбияси ва жиноятчиликка қарши кураш маҳалладан бошланади
янв.21
Жиноятчиликка қарши кураш маҳалладан бошланади
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президенти томонидан белгиланган “Ўзбекистон – 2030” стратегиясини ҳаётга изчил татбиқ этиш
янв.21
Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman Kengashining navbatdan tashshqari 12-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman Kengashining 11-sessiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Қонунлар тарғиботи олиб борилди.
янв.21
Pedagoglarning huquqiy ongi va madaniyati oshirilmoqda
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA YERLARDAN SAMARALI FOYDALANISH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR HOLATI TAHLIL QILINDI.

Yig‘ilish kun tartibida tumanda Vobkent tumanida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona va samarali foydalanish holatini o‘rganish natijalari to‘g‘risidagi masalalar ko‘rildi.

Ta’kidlandiki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining va Oliy Majlis Senati Kengashining 2023-yil 13-dekabrdagi 3787-IV/KQ-642-IV-sonli Qo‘shma qaroriga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-15-sonli Farmonining Vobkent tumanida ijrosini ta’minlash maqsadida, tumanda deputatlar boshchiligida ishchi guruh tuzilib, ushbu ishchi guruh tomonidan tumandagi huquqni tasdiqlovchi hujjatlari to‘liq bo‘lmagan, hujjatdagi va amaldagi maydoni bir-biridan farq qiladigan yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazilishi belgilangan. Ishchi guruh tomonidan ishchi guruhi tomonidan o‘rganish yakunlaridan kelib chiqib, tumanda samarali va maqsadli foydalanib kelinayotgan yer uchastkalari bo‘yicha tuman hokimi va yerdan foydalanuvchi o‘rtasida yer ijara shartnomasini tuzish (er ijara shartnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish) hamda tuman hokimligi nomiga hisobga olib qo‘yilgan qishloq xo‘jaligi yerlar hisobida bo‘lgan yer maydonini tuman hokimligi zaxira fondi yerlari hisobiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. 

Slide 1 of 1