Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oltinkoʻl tuman Kengashining 13-sessiya yigʻilishi oldidan doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda 5 ta masala muhokama qilinib, sessiya kun tartibiga kiritildi.
янв.21
Oltinko‘l tumani hokimi, Kengash deputati O. Rasulov 36-umumta’lim maktabida “Oqtepa” va “Bo‘ston” mahallalaridagi ishsiz yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Uchrashuv davomida yoshlarni ish bilan ta’minlash, kasbga yo‘naltirish va bandlik masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Олтинкўл тумани халқ депутатлари кенгашининг котибият мудири У.Холматов ишсиз ёшлар билан учрашувлар ўтказиб, 1нафар ёшни ишга жойлаштирди.
янв.21
Ёшлар тарбияси ва жиноятчиликка қарши кураш маҳалладан бошланади
янв.21
Жиноятчиликка қарши кураш маҳалладан бошланади
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президенти томонидан белгиланган “Ўзбекистон – 2030” стратегиясини ҳаётга изчил татбиқ этиш
янв.21
Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman Kengashining navbatdan tashshqari 12-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman Kengashining 11-sessiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Қонунлар тарғиботи олиб борилди.
янв.21
Pedagoglarning huquqiy ongi va madaniyati oshirilmoqda
ONALAR YIG'ILISHI (qiz bolaning oiladagi o'rni) mavzusida davra suhbati

ONALAR YIG'ILISHI (qiz bolaning oiladagi o'rni) mavzusida davra suhbati

Joriy yilning 10-dekabr kuni Uchquduq tumani MMTBga qarashli 18-umumiy o‘rta ta'lim maktabida o'quvchi qizlarning onalari ishtirokida "ONALAR YIG'ILISHI" o'tkazildi. Yig'ilishga maktab direktori, tuman Kengashi deputati G.Yeskabulovna raislik qildi. Ushbu yig'ilishga tuman hokimi o'rinbosari xotin-qizlar bo'yicha bo'lim boshlig'i N.Najmiddinova, xalq deputatlati tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Kamolova, tuman IIB xotin-qizlar masalalari bo'yicha inspektori katta leytenant D.Kamolova, tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi psixolog metodisti B.Hamidova, "Do'stlik" MFY xotin-qizlar faoli D.Xudoyberdiyevalar ishtirok etdilar. Yig'ilishda mas'ullar tomonidan onalarga qiz bolaning oiladagi o'rni, qizlar tarbiyasida onalarning do'stona munosabatda bo'lishlari, farzandlarining maktabdagi ta'lim va tarbiyasiga befarq bo'lmasliklari haqida tushuntirish-targ'ibot ishlari olib borildi. Yig'ilish so'ngida onalarning fikr va takliflari tinglandi.

Slide 1 of 4