Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oltinko‘l tumani hokimi, Kengash deputati O. Rasulov 36-umumta’lim maktabida “Oqtepa” va “Bo‘ston” mahallalaridagi ishsiz yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Uchrashuv davomida yoshlarni ish bilan ta’minlash, kasbga yo‘naltirish va bandlik masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Олтинкўл тумани халқ депутатлари кенгашининг котибият мудири У.Холматов ишсиз ёшлар билан учрашувлар ўтказиб, 1нафар ёшни ишга жойлаштирди.
янв.21
Ёшлар тарбияси ва жиноятчиликка қарши кураш маҳалладан бошланади
янв.21
Жиноятчиликка қарши кураш маҳалладан бошланади
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президенти томонидан белгиланган “Ўзбекистон – 2030” стратегиясини ҳаётга изчил татбиқ этиш
янв.21
Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman Kengashining navbatdan tashshqari 12-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman Kengashining 11-sessiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Қонунлар тарғиботи олиб борилди.
янв.21
Pedagoglarning huquqiy ongi va madaniyati oshirilmoqda
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Vobkent: xalq vakili issiqxonasidagi faoliyati bilan ham ibrat...

Tomorqasida issiqxona qurib, yilda ikki–uch bor barakali hosil olayotgan, sitrus meva nihollarini avaylab–asrab ko‘paytirib, qator orasida pomidor–bodring, bulg‘or qalampiri, karam yoki sarimsoqpiyozmi, turli ko‘katlar yetishtirayotgan mirishkorlarga havas qilsa arziydi. Ekin yerining har qarichidan unumli foydalanib, hovli–joyini bog‘–chorboqqa aylantirgan bunday dehqon mirishkorlar oramizda juda ko‘p. 

Vobkent tumanida ham tomorqadan samarali foydalanib, oila farovonligi, bozorlarimiz to‘kinligiga munosib hissa qo‘shayotgan yurtdoshlarimiz ko‘pchilikni tashkil etadi. Ular orasida sitrus meva yetishtirayotganlar safi ham kengaymoqda.  “Quruvchi” MFYda yashovchi Muborak Naimova O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasidan tuman Kengashi deputati. Uning xalq vakili sifatidagi faoliyati bilan birga ikkinchi daromad manbai sifatida hovlisidagi tomorqa yerida dehqonchilik qilib kelmoqda. "Mening serdaromad bog‘im" loyihasi doirasida Muborak Naimova oila a’zolari bilan birga 1,5 sotixdan iborat issiqxonasida sabzavot mahsulotlari bilan birga, limon yetishtirish tajribasini o‘zlashtirgan. 

— Ekin yerimiz katta emas, ammo shu yerda ro‘zg‘orimizga yarasha har yili kartoshka, piyoz, bodring, pomidor kabi sabzavot va ko‘katlarni yetishtirib, shundan daromadimizni oshirmoqdamiz. Keyinchalik  "Mir" naviga mansub serhosil sitrus meva nihollarini topib kelib o‘tqazib, parvarishlash, hosildorlikni oshirish agrotexnikasini obdon o‘rgandik, — deydi mirishkor xonadon sohibasi Muborak Naimova. — Har mavsum oldidan yer tayyorlashga alohida e’tibor qaratib, tuproq unumdorligini oshirib, "sharbat" usulida sug‘orib, har kuni yerda ishlab, niholga mehr berishni odat qilganmiz. Albatta, peshona terimiz evaziga bugunga kelib ekin yerimizdan mo‘l hosil olmoqdamiz. Limon butalarimizdan ham yaxshigina hosil olib, daromadga erishmoqdamiz. Asosiysi, qishki mavsumda ham ekin yerimiz har qarichini bo‘sh qoldirmasdan, dasturxonimizni sabzavot va limon mahsulotlari bilan to‘ldirmoqdamiz.  

Jumladan, deputat ayol jamoatchilik ishi bilan birga, o‘z hovlisidagi isssiqxonasida 15 tupda limon, 5 tup mandarin va 5 tup apelsin butalarini yetishtirib, tomorqasidan samarali foydalanmoqda. Issiqxonada har mavsumda har bir limon butasidan 50 kilogramga yetkazib, mandarinning har tupidan 30 kilogram atrofida hosil olishga erishmoqda. Bunda unga farzandlari yaqin ko‘makdosh, albatta. Shuningdek, deputat tomonidan mahallada tomorqachilikka, issiqxona faoliyatiga ishtiyoqi bo‘lgan xotin-qizlarga mahorat darslari ham tashkil etilgan. 

Slide 1 of 3