Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oltinko‘l tumani hokimi, Kengash deputati O. Rasulov 36-umumta’lim maktabida “Oqtepa” va “Bo‘ston” mahallalaridagi ishsiz yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Uchrashuv davomida yoshlarni ish bilan ta’minlash, kasbga yo‘naltirish va bandlik masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Олтинкўл тумани халқ депутатлари кенгашининг котибият мудири У.Холматов ишсиз ёшлар билан учрашувлар ўтказиб, 1нафар ёшни ишга жойлаштирди.
янв.21
Ёшлар тарбияси ва жиноятчиликка қарши кураш маҳалладан бошланади
янв.21
Жиноятчиликка қарши кураш маҳалладан бошланади
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президенти томонидан белгиланган “Ўзбекистон – 2030” стратегиясини ҳаётга изчил татбиқ этиш
янв.21
Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman Kengashining navbatdan tashshqari 12-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman Kengashining 11-sessiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Қонунлар тарғиботи олиб борилди.
янв.21
Pedagoglarning huquqiy ongi va madaniyati oshirilmoqda
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan talaba yoshlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi

Termiz davlat pedagogika institutida korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi hamda institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan joriy yil dekabr oyi "Antikorrupsiya haftaligi" doirasida davra suhbati o'tkazildi.

Davra suhbatida korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi raisi o'rinbosari A.Axmedov, Oliy Majlis Senati a'zosi D.Suvonova, xalq deputatlari viloyat Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi G.Kravchenya, Termiz davlat pedagogika instituti rektori A.Xasanov, Viloyat prokuraturasi Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi tergovchisi A.Xoliyorov, Viloyat Adliya boshqarmasi xodimi V.Nazarov, Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo'limi xodimi J.Nafasov hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.

Davra suhbatida ta'lim tizimida uchrayotgan korrupsiyaviy holatlar va ularning oldini olish borasidagi ishlar haqida ma'lumotlar berildi. Ta'lim muassasasi-ziyo, ma'naviyat va ma'rifat maskani bo‘lib, unda korrupsiya va shunga o‘xshash ko‘ngilsiz holatlar kuzatilmasligi haqida so‘z yuritildi.

Har bir xodim o‘z kasbi va xizmat vazifasiga halollik bilan yondashishi ta'kidlanib, ta'lim-tarbiya tizimi ochiq va shaffof tizimga aylanishi bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 8