35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ. Халқ депутатлари Олтинкўл тумани Кенгашининг 16-“Марказ” сайлов округидан сайланган депутати Исомиддинов Холмирза Хамидовичдан Сув таъминоти” АЖ раҳбари Д. Бурхоновга  “Марказ” МФЙ ҳудудида сув таъминоти тармоғида юзага келган носозликни жойига чиққан ҳолда ўрганиш, унинг келиб чиқиш сабабларини аниқлаш ва бартараф этиш, шунингдек, аҳолига ичимлик суви таъминотини барқарорлаштириш бўйича зарур чораларни кўриш сўралади.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ. Халқ депутатлари Олтинкўл тумани Кенгашининг 21-“Кўтармачек” сайлов округидан сайланган депутати Мағзумов Қурвонбой Янгибоевичдан Сув таъминоти” АЖ раҳбари Д. Бурхоновга “Кўтармачек” ҳудудидаги сув таъминоти тармоғида юзага келган носозликни жойига чиққан ҳолда ўрганиш, унинг келиб чиқиш сабабларини аниқлаш ва бартараф этиш, шунингдек, аҳолига ичимлик суви етказиб беришни барқарорлаштириш бўйича зарур чораларни кўриш сўралади.
янв.21
Andijonda Sirdaryo bilan tajriba almashish jarayonining ikkinchi kunining birinchi manzili Oltinko'l tumanida joylashgan mebel markazi bo'ldi Andijon viloyatiga xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi delegatsiyasi tajriba almashish jarayonining ikkinchi kuni avvalida Oltinko'l tumanida joylashgan "Andijon mebel markazi" bo'ldi. Mebel markaziga tashrif buyurgan mehmonlar ushbu markazda ishlab chiqarilayotgan mebellar va ularning sifati bilan yaqindan tanishdilar hamda ushbu mebel markazi faoliyati haqida ma'lumotga ega bo'ldilar.
янв.21
Ishsiz yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi Xalq deputatlari Oltinko‘l tumani Kengash 5-“Ko‘makay”saylov okrugidan saylangan deputat Rasulov Otavullaxon Abdulaxadovich “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida ishsiz yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning muammolarini ijobiy hal etish hamda bandligini ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
янв.21
Эксперт гуруҳи билан муҳим вазифалар муҳокама қилинди Халқ депутатлари Олтинкўл тумани Кенгаши котибияти мудири У. Холматов ташаббуси билан Ёшлар эксперт гуруҳи вакиллари иштирокида маслаҳат учрашуви ташкил этилди. Мулоқот давомида туманда бугунги кунга қадар амалга оширилган ишлар сарҳисоб қилиниб, мавжуд натижалар таҳлил этилди. Шунингдек, айни пайтда амалга оширилаётган лойиҳаларнинг мазмун-моҳияти, уларнинг аҳоли, айниқса ёшлар ҳаётига таъсири ҳамда келгусидаги истиқболлари юзасидан фикр алмашилди. Учрашувда туман тараққиёти учун муҳим бўлган устувор йўналишлар белгилаб олиниб, уларни самарали амалга оширишда ёшларнинг ташаббуси, таклиф ва фикрларидан кенг фойдаланиш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди.
янв.21
QORAQALPOQ MAHALLASIDA IJTIMOIY MUAMMOLAR O‘RGANILDI Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Andijon viloyati kotibiyat mudiri Nasibaxon To‘ychiyeva hamda Oltinkol tuman xalq deputatlari kengashi kotibiyat mudiri 17- saroy 1saylov okrugidan saylangan deputat U.Xolmatovlar bugun “Qoraqalpoq ” MFY mahallasida ijtimoiy reestrga kiritilgan hamda kambag‘allikdan chiqarish ro‘yxatidagi 18 nafar oila vakillari bilan uchrashdi. Muloqot davomida oilalarning muammolari o‘rganilib, ularni kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar berildi. Jumladan shu mahallada yashovchi Abduholiqov Shavkatbekni tumandagi, Suv hujaligi bo‘limiga ishga joylashtirildi. Va qo‘shimcha daromat manbayi sifatida, chorvachilikni rivojlantirish maqsadida 15 milon imtiyozli kiridit  berilishi masalasi ko‘rildi.
янв.21
Халқ депутатлари Олтинкўл тумани Кенгаши котибияти мудири, 17-«Сарой-1» сайлов округидан сайланган депутат У. Холматов бугун масъул ходимлардан иборат ишчи гуруҳ билан биргаликда ҳудуддаги 27-сонли мактабгача таълим ташкилотида бўлиб, муассаса фаолиятини атрофлича ўрганди.
янв.21
Кунлик иш режаси
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLAR OLTINKOʻL TUMANI KENGASHINING 8-12-IYUN KUNLARI UCHUN MO‘LJALLANGAN HAFTALIK ISH REJASI. 🗓 8-Iiyun Mahallalarda infratuzilma holatini o‘rganish. 🗓 9-Iiyun Aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi (tibbiy xizmatlar va dorilar bilan ta’minlash) holatini o‘rganish. 🗓 10-Iiyun Mahallalarda “Mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rganish 🗓 11-Iiyun Yoshlar bandligi va kasbga yo‘naltirish ishlari holatini o‘rganish 🗓 12-Iiyun 2026 йил 16 февралдаги ПҚ–62-сон қарорнинг ижроси юзасидан Bozorlarda narx-navo barqarorligi va mahsulot sifati nazorati.
янв.21
Олтинкўл тумани халқ депутатлари Кенгаши котибияти мудири У. Холматов томонидан ҳудуддаги кутубхоналар фаолияти ва уларда яратилган шарт-шароитлар ўрганилди. Ўрганиш жараёнида кутубхоналарнинг моддий-техник базаси, китоб фондининг ҳолати, китобхонлар қамрови ҳамда аҳоли, айниқса ёшларни китобхонликка жалб этиш бўйича амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди. Шунингдек, муассасаларда китобхонлар учун яратилган қулайликлар, ўқув залларининг ҳолати, замонавий ахборот технологияларидан фойдаланиш имкониятлари ва китобхонлар сонини оширишга қаратилган ташкилий чора-тадбирлар юзасидан масъуллар билан суҳбатлар ўтказилди. Бундан ташқари, ҳудуддаги хиёбонлар ва жамоат дам олиш масканларининг санитария ҳолати, ободонлаштириш ишлари, кўкаламзорлаштириш даражаси ўрганилди. Мазкур ўрганишлар аҳолига кўрсатилаётган маданий хизматлар сифатини ошириш, китобхонлик маданиятини кенг тарғиб қилиш ҳамда ҳудудларни янада обод ва кўркам ҳолатга келтиришга хизмат қилади.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

#doimiykomissiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur komissiya yig‘ilishida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zolari ham ishtirok etdi.

📝 Yig‘ilishda kun tartibiga muvofiq to‘rtta muhim masala ko‘rib chiqilib, mas’ul tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi.

📁 Dastlab deputatlar Toshkent shahridagi kanallar atrofini obodonlashtirish bo‘yicha 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish  majmuasi kotibiyat mudiri Abdurahmonov Olimjon hamda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari - Bosh muhandis Xo‘jabekov Muxiddin Bahodir o‘g‘lining hisobotlarini tinglab, atroflicha muhokama qildi.

📉 Shuningdek, kun tartibidagi keyingi masala Toshkent shahrida avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish, ta’mirlash va saqlash holati to‘g‘risidagi masala ham muhokama qilindi. Mazkur masala yuzasidan Transport tizimini samarali tashkil etishni ta’minlash kotibiyati mudiri J.Xodjimanov hamda "Toshkent shahar yo‘l harakatini tashkil etish markazi" MChJ  Jamoat transporti ustuvorligini ta’minlash bo‘limi boshlig‘i O.Norbo‘tayevlar deputatlarga hisobot berdi.

🔺 Yig‘ilish davomida deputatlar Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Moviy gumbazlar xiyoboni hududidagi 1 tup 350 yoshli oq tut daraxti (Morus alba)ni davlat tabiat yodgorliklari deb e’lon qilish to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i Rasulov Akmal Asqarovich o‘z hisobotini deputatlarga taqdim etdi. Mazkur masala deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilib muhokama qilindi.

🔎 Kun tartibidagi so‘nggi O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i Sodiqov Ulug‘bek Egamberdiyevich hamda Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Yunusov Abdulaziz Abdugapparovichlar hisobot berdi. Mazkur masala deputatlar tomonidan eshitilib, muhokama qilindi.

🗣 Yig‘ilish yakunida deputatlar hamda ekspertlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10