35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ. Халқ депутатлари Олтинкўл тумани Кенгашининг 16-“Марказ” сайлов округидан сайланган депутати Исомиддинов Холмирза Хамидовичдан Сув таъминоти” АЖ раҳбари Д. Бурхоновга  “Марказ” МФЙ ҳудудида сув таъминоти тармоғида юзага келган носозликни жойига чиққан ҳолда ўрганиш, унинг келиб чиқиш сабабларини аниқлаш ва бартараф этиш, шунингдек, аҳолига ичимлик суви таъминотини барқарорлаштириш бўйича зарур чораларни кўриш сўралади.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ. Халқ депутатлари Олтинкўл тумани Кенгашининг 21-“Кўтармачек” сайлов округидан сайланган депутати Мағзумов Қурвонбой Янгибоевичдан Сув таъминоти” АЖ раҳбари Д. Бурхоновга “Кўтармачек” ҳудудидаги сув таъминоти тармоғида юзага келган носозликни жойига чиққан ҳолда ўрганиш, унинг келиб чиқиш сабабларини аниқлаш ва бартараф этиш, шунингдек, аҳолига ичимлик суви етказиб беришни барқарорлаштириш бўйича зарур чораларни кўриш сўралади.
янв.21
Andijonda Sirdaryo bilan tajriba almashish jarayonining ikkinchi kunining birinchi manzili Oltinko'l tumanida joylashgan mebel markazi bo'ldi Andijon viloyatiga xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi delegatsiyasi tajriba almashish jarayonining ikkinchi kuni avvalida Oltinko'l tumanida joylashgan "Andijon mebel markazi" bo'ldi. Mebel markaziga tashrif buyurgan mehmonlar ushbu markazda ishlab chiqarilayotgan mebellar va ularning sifati bilan yaqindan tanishdilar hamda ushbu mebel markazi faoliyati haqida ma'lumotga ega bo'ldilar.
янв.21
Ishsiz yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi Xalq deputatlari Oltinko‘l tumani Kengash 5-“Ko‘makay”saylov okrugidan saylangan deputat Rasulov Otavullaxon Abdulaxadovich “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida ishsiz yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning muammolarini ijobiy hal etish hamda bandligini ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
янв.21
Эксперт гуруҳи билан муҳим вазифалар муҳокама қилинди Халқ депутатлари Олтинкўл тумани Кенгаши котибияти мудири У. Холматов ташаббуси билан Ёшлар эксперт гуруҳи вакиллари иштирокида маслаҳат учрашуви ташкил этилди. Мулоқот давомида туманда бугунги кунга қадар амалга оширилган ишлар сарҳисоб қилиниб, мавжуд натижалар таҳлил этилди. Шунингдек, айни пайтда амалга оширилаётган лойиҳаларнинг мазмун-моҳияти, уларнинг аҳоли, айниқса ёшлар ҳаётига таъсири ҳамда келгусидаги истиқболлари юзасидан фикр алмашилди. Учрашувда туман тараққиёти учун муҳим бўлган устувор йўналишлар белгилаб олиниб, уларни самарали амалга оширишда ёшларнинг ташаббуси, таклиф ва фикрларидан кенг фойдаланиш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди.
янв.21
QORAQALPOQ MAHALLASIDA IJTIMOIY MUAMMOLAR O‘RGANILDI Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Andijon viloyati kotibiyat mudiri Nasibaxon To‘ychiyeva hamda Oltinkol tuman xalq deputatlari kengashi kotibiyat mudiri 17- saroy 1saylov okrugidan saylangan deputat U.Xolmatovlar bugun “Qoraqalpoq ” MFY mahallasida ijtimoiy reestrga kiritilgan hamda kambag‘allikdan chiqarish ro‘yxatidagi 18 nafar oila vakillari bilan uchrashdi. Muloqot davomida oilalarning muammolari o‘rganilib, ularni kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar berildi. Jumladan shu mahallada yashovchi Abduholiqov Shavkatbekni tumandagi, Suv hujaligi bo‘limiga ishga joylashtirildi. Va qo‘shimcha daromat manbayi sifatida, chorvachilikni rivojlantirish maqsadida 15 milon imtiyozli kiridit  berilishi masalasi ko‘rildi.
янв.21
Халқ депутатлари Олтинкўл тумани Кенгаши котибияти мудири, 17-«Сарой-1» сайлов округидан сайланган депутат У. Холматов бугун масъул ходимлардан иборат ишчи гуруҳ билан биргаликда ҳудуддаги 27-сонли мактабгача таълим ташкилотида бўлиб, муассаса фаолиятини атрофлича ўрганди.
янв.21
Кунлик иш режаси
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLAR OLTINKOʻL TUMANI KENGASHINING 8-12-IYUN KUNLARI UCHUN MO‘LJALLANGAN HAFTALIK ISH REJASI. 🗓 8-Iiyun Mahallalarda infratuzilma holatini o‘rganish. 🗓 9-Iiyun Aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi (tibbiy xizmatlar va dorilar bilan ta’minlash) holatini o‘rganish. 🗓 10-Iiyun Mahallalarda “Mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rganish 🗓 11-Iiyun Yoshlar bandligi va kasbga yo‘naltirish ishlari holatini o‘rganish 🗓 12-Iiyun 2026 йил 16 февралдаги ПҚ–62-сон қарорнинг ижроси юзасидан Bozorlarda narx-navo barqarorligi va mahsulot sifati nazorati.
янв.21
Олтинкўл тумани халқ депутатлари Кенгаши котибияти мудири У. Холматов томонидан ҳудуддаги кутубхоналар фаолияти ва уларда яратилган шарт-шароитлар ўрганилди. Ўрганиш жараёнида кутубхоналарнинг моддий-техник базаси, китоб фондининг ҳолати, китобхонлар қамрови ҳамда аҳоли, айниқса ёшларни китобхонликка жалб этиш бўйича амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди. Шунингдек, муассасаларда китобхонлар учун яратилган қулайликлар, ўқув залларининг ҳолати, замонавий ахборот технологияларидан фойдаланиш имкониятлари ва китобхонлар сонини оширишга қаратилган ташкилий чора-тадбирлар юзасидан масъуллар билан суҳбатлар ўтказилди. Бундан ташқари, ҳудуддаги хиёбонлар ва жамоат дам олиш масканларининг санитария ҳолати, ободонлаштириш ишлари, кўкаламзорлаштириш даражаси ўрганилди. Мазкур ўрганишлар аҳолига кўрсатилаётган маданий хизматлар сифатини ошириш, китобхонлик маданиятини кенг тарғиб қилиш ҳамда ҳудудларни янада обод ва кўркам ҳолатга келтиришга хизмат қилади.
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar

Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar

🔹Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyatida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholini ijtimoiy himoya qilish, davlat xaridlarining shaffofligini ta’minlash hamda zamonaviy iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga oid qonun hujjatlarini chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

🔹Mazkur qonunlar iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish, biznes subyektlari faoliyati uchun qulay muhit yaratish, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish va fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

🔹Tadbirkorlik va byudjet sohasi bo‘yicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan muhim qonunlar:

🔹 “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
938-XII | Qabul qilingan sana: 03.09.1993
Mazkur qonun fuqarolarning pensiya ta’minoti sohasidagi huquqlarini kafolatlaydi hamda ijtimoiy himoya tizimining huquqiy asoslarini belgilaydi.

🔹 “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘RQ-327 | Qabul qilingan sana: 26.04.2012
Qonun oilaviy biznesni tashkil etish va rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining daromad manbalarini kengaytirishga xizmat qiladi.

🔹 “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘RQ-328 | Qabul qilingan sana: 02.05.2012
Ushbu hujjat tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning erkin faoliyat yuritishi uchun zarur kafolatlarni mustahkamlaydi.

🔹 “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘RQ-440 | Qabul qilingan sana: 29.08.2017
Mazkur qonun tadbirkorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning huquqlarini himoya qilish hamda davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarda qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan.

🔹“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘RQ-763 | Qabul qilingan sana: 12.04.2022
Qonun moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini sog‘lomlashtirish va kreditorlar manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarini belgilaydi.

🔹 “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘RQ-684 | Qabul qilingan sana: 22.04.2021
Davlat xaridlarini amalga oshirishda ochiqlik, shaffoflik va raqobat tamoyillarini ta’minlash hamda byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishga xizmat qiladi.

🔹“Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘RQ-792 | Qabul qilingan sana: 29.09.2022
Mazkur qonun elektron savdo munosabatlarini tartibga solish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va tadbirkorlikning zamonaviy shakllarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

🔹Ushbu qonun hujjatlarini puxta o‘rganish mahalliy Kengash deputatlariga iqtisodiy islohotlarni samarali qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanish hamda hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish borasidagi faoliyatida muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.