Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ. Халқ депутатлари Олтинкўл тумани Кенгашининг 16-“Марказ” сайлов округидан сайланган депутати Исомиддинов Холмирза Хамидовичдан Сув таъминоти” АЖ раҳбари Д. Бурхоновга  “Марказ” МФЙ ҳудудида сув таъминоти тармоғида юзага келган носозликни жойига чиққан ҳолда ўрганиш, унинг келиб чиқиш сабабларини аниқлаш ва бартараф этиш, шунингдек, аҳолига ичимлик суви таъминотини барқарорлаштириш бўйича зарур чораларни кўриш сўралади.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ. Халқ депутатлари Олтинкўл тумани Кенгашининг 21-“Кўтармачек” сайлов округидан сайланган депутати Мағзумов Қурвонбой Янгибоевичдан Сув таъминоти” АЖ раҳбари Д. Бурхоновга “Кўтармачек” ҳудудидаги сув таъминоти тармоғида юзага келган носозликни жойига чиққан ҳолда ўрганиш, унинг келиб чиқиш сабабларини аниқлаш ва бартараф этиш, шунингдек, аҳолига ичимлик суви етказиб беришни барқарорлаштириш бўйича зарур чораларни кўриш сўралади.
янв.21
Andijonda Sirdaryo bilan tajriba almashish jarayonining ikkinchi kunining birinchi manzili Oltinko'l tumanida joylashgan mebel markazi bo'ldi Andijon viloyatiga xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi delegatsiyasi tajriba almashish jarayonining ikkinchi kuni avvalida Oltinko'l tumanida joylashgan "Andijon mebel markazi" bo'ldi. Mebel markaziga tashrif buyurgan mehmonlar ushbu markazda ishlab chiqarilayotgan mebellar va ularning sifati bilan yaqindan tanishdilar hamda ushbu mebel markazi faoliyati haqida ma'lumotga ega bo'ldilar.
янв.21
Ishsiz yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi Xalq deputatlari Oltinko‘l tumani Kengash 5-“Ko‘makay”saylov okrugidan saylangan deputat Rasulov Otavullaxon Abdulaxadovich “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida ishsiz yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning muammolarini ijobiy hal etish hamda bandligini ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
янв.21
Эксперт гуруҳи билан муҳим вазифалар муҳокама қилинди Халқ депутатлари Олтинкўл тумани Кенгаши котибияти мудири У. Холматов ташаббуси билан Ёшлар эксперт гуруҳи вакиллари иштирокида маслаҳат учрашуви ташкил этилди. Мулоқот давомида туманда бугунги кунга қадар амалга оширилган ишлар сарҳисоб қилиниб, мавжуд натижалар таҳлил этилди. Шунингдек, айни пайтда амалга оширилаётган лойиҳаларнинг мазмун-моҳияти, уларнинг аҳоли, айниқса ёшлар ҳаётига таъсири ҳамда келгусидаги истиқболлари юзасидан фикр алмашилди. Учрашувда туман тараққиёти учун муҳим бўлган устувор йўналишлар белгилаб олиниб, уларни самарали амалга оширишда ёшларнинг ташаббуси, таклиф ва фикрларидан кенг фойдаланиш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди.
янв.21
QORAQALPOQ MAHALLASIDA IJTIMOIY MUAMMOLAR O‘RGANILDI Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Andijon viloyati kotibiyat mudiri Nasibaxon To‘ychiyeva hamda Oltinkol tuman xalq deputatlari kengashi kotibiyat mudiri 17- saroy 1saylov okrugidan saylangan deputat U.Xolmatovlar bugun “Qoraqalpoq ” MFY mahallasida ijtimoiy reestrga kiritilgan hamda kambag‘allikdan chiqarish ro‘yxatidagi 18 nafar oila vakillari bilan uchrashdi. Muloqot davomida oilalarning muammolari o‘rganilib, ularni kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar berildi. Jumladan shu mahallada yashovchi Abduholiqov Shavkatbekni tumandagi, Suv hujaligi bo‘limiga ishga joylashtirildi. Va qo‘shimcha daromat manbayi sifatida, chorvachilikni rivojlantirish maqsadida 15 milon imtiyozli kiridit  berilishi masalasi ko‘rildi.
янв.21
Халқ депутатлари Олтинкўл тумани Кенгаши котибияти мудири, 17-«Сарой-1» сайлов округидан сайланган депутат У. Холматов бугун масъул ходимлардан иборат ишчи гуруҳ билан биргаликда ҳудуддаги 27-сонли мактабгача таълим ташкилотида бўлиб, муассаса фаолиятини атрофлича ўрганди.
янв.21
Кунлик иш режаси
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLAR OLTINKOʻL TUMANI KENGASHINING 8-12-IYUN KUNLARI UCHUN MO‘LJALLANGAN HAFTALIK ISH REJASI. 🗓 8-Iiyun Mahallalarda infratuzilma holatini o‘rganish. 🗓 9-Iiyun Aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi (tibbiy xizmatlar va dorilar bilan ta’minlash) holatini o‘rganish. 🗓 10-Iiyun Mahallalarda “Mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rganish 🗓 11-Iiyun Yoshlar bandligi va kasbga yo‘naltirish ishlari holatini o‘rganish 🗓 12-Iiyun 2026 йил 16 февралдаги ПҚ–62-сон қарорнинг ижроси юзасидан Bozorlarda narx-navo barqarorligi va mahsulot sifati nazorati.
янв.21
Олтинкўл тумани халқ депутатлари Кенгаши котибияти мудири У. Холматов томонидан ҳудуддаги кутубхоналар фаолияти ва уларда яратилган шарт-шароитлар ўрганилди. Ўрганиш жараёнида кутубхоналарнинг моддий-техник базаси, китоб фондининг ҳолати, китобхонлар қамрови ҳамда аҳоли, айниқса ёшларни китобхонликка жалб этиш бўйича амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди. Шунингдек, муассасаларда китобхонлар учун яратилган қулайликлар, ўқув залларининг ҳолати, замонавий ахборот технологияларидан фойдаланиш имкониятлари ва китобхонлар сонини оширишга қаратилган ташкилий чора-тадбирлар юзасидан масъуллар билан суҳбатлар ўтказилди. Бундан ташқари, ҳудуддаги хиёбонлар ва жамоат дам олиш масканларининг санитария ҳолати, ободонлаштириш ишлари, кўкаламзорлаштириш даражаси ўрганилди. Мазкур ўрганишлар аҳолига кўрсатилаётган маданий хизматлар сифатини ошириш, китобхонлик маданиятини кенг тарғиб қилиш ҳамда ҳудудларни янада обод ва кўркам ҳолатга келтиришга хизмат қилади.
Sergeli tumanida savdo va turizm infratuzilmasi obyektlari o‘rganildi

#qurilish_shaharsozlik_infratuzilma #deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Sergeli tumanida savdo va turizm infratuzilmasi obyektlari o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari, Xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, OAV vakillari, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati vakillari hamda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi mas’ullari ishtirokida Sergeli tumanida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

📋 O‘rganishlar xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2026-yil 23-yanvardagi “Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida”gi DKQ03-05/1-26-sonli qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.

📉 Jarayon davomida shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi, davlat arxitektura nazoratini yanada takomillashtirish, qurilish sohasida aniqlanayotgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mexanizmlarni raqamlashtirish, energiya tejamkor qurilish materiallari va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🚗 Dastlab deputatlar va mutasaddilar “Iste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlari Sergeli bozori” MChJ xalq tilida (“Sergeli avtomobil bozori”) hududida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdilar.

📍 Ta’kidlanganidek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ayrim xabarlardan farqli ravishda, mazkur hududda buzish ishlari emas, balki sotuvchilar va xaridorlar uchun yanada qulay sharoit yaratishga qaratilgan modernizatsiya ishlari olib borilmoqda.

📉 Xususan, bozor hududining 43 ming 800 kvadrat metr qismi yangidan asfaltlashtirilgan, qo‘shimcha ravishda tutash hududlarda ham asfalt qoplamalari yotqizilgan. Piyodalar harakati uchun qulay yo‘laklar tashkil etilib, bordyurlar o‘rnatilgan. Hududda yangi yoritish tizimi, sug‘orish tarmoqlari va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilgan.

🌳 Bozor hududida yuzlab manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan, yashil hududlar kengaytirilgan hamda tashqi muhitning estetik ko‘rinishini yaxshilash bo‘yicha qator ishlar bajarilgan.

🚕 Shuningdek, transport oqimini tartibga solish va asosiy ko‘chalardagi tirbandliklarni kamaytirish maqsadida bozorga kirish va chiqish uchun alohida yo‘laklar tashkil etilgan. Avtotransport vositalarining harakati yagona tartib asosida boshqarilishi yo‘lga qo‘yilib, piyodalar uchun xavfsiz eko-yo‘laklar barpo etilgan.

🏪 O‘rganish davomida savdo obyektlarining tashqi qiyofasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi. Xususan, tartibsiz joylashtirilgan reklama konstruksiyalari olib tashlangan, savdo do‘konlari fasadlari yangilangan, konditsioner qurilmalari binolarning tom qismiga joylashtirilib, yagona me’moriy va estetik ko‘rinish shakllantirilmoqda. Ehtiyot qismlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yuzlab konteynerlar zamonaviy qiyofaga keltirilgan.

🏪 Shundan so‘ng deputatlar Sergeli tumanidagi Yangi Sergeli ko‘chasida tashkil etilayotgan 24/7 soat faoliyat yurituvchi turizm ko‘chasida bo‘ldilar.

💰 Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mazkur hududda keng ko‘lamli qurilish, obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish ishlari amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari, umumiy ovqatlanish maskanlari, avtoturargohlar, bolalar maydonchalari hamda zamonaviy yoritish tizimlari tashkil etilgan.

🔎 O‘rganish ishlari davom etmoqda. Bizni kuzatishda davom eting!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10