35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ. Халқ депутатлари Олтинкўл тумани Кенгашининг 16-“Марказ” сайлов округидан сайланган депутати Исомиддинов Холмирза Хамидовичдан Сув таъминоти” АЖ раҳбари Д. Бурхоновга  “Марказ” МФЙ ҳудудида сув таъминоти тармоғида юзага келган носозликни жойига чиққан ҳолда ўрганиш, унинг келиб чиқиш сабабларини аниқлаш ва бартараф этиш, шунингдек, аҳолига ичимлик суви таъминотини барқарорлаштириш бўйича зарур чораларни кўриш сўралади.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ. Халқ депутатлари Олтинкўл тумани Кенгашининг 21-“Кўтармачек” сайлов округидан сайланган депутати Мағзумов Қурвонбой Янгибоевичдан Сув таъминоти” АЖ раҳбари Д. Бурхоновга “Кўтармачек” ҳудудидаги сув таъминоти тармоғида юзага келган носозликни жойига чиққан ҳолда ўрганиш, унинг келиб чиқиш сабабларини аниқлаш ва бартараф этиш, шунингдек, аҳолига ичимлик суви етказиб беришни барқарорлаштириш бўйича зарур чораларни кўриш сўралади.
янв.21
Andijonda Sirdaryo bilan tajriba almashish jarayonining ikkinchi kunining birinchi manzili Oltinko'l tumanida joylashgan mebel markazi bo'ldi Andijon viloyatiga xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi delegatsiyasi tajriba almashish jarayonining ikkinchi kuni avvalida Oltinko'l tumanida joylashgan "Andijon mebel markazi" bo'ldi. Mebel markaziga tashrif buyurgan mehmonlar ushbu markazda ishlab chiqarilayotgan mebellar va ularning sifati bilan yaqindan tanishdilar hamda ushbu mebel markazi faoliyati haqida ma'lumotga ega bo'ldilar.
янв.21
Ishsiz yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi Xalq deputatlari Oltinko‘l tumani Kengash 5-“Ko‘makay”saylov okrugidan saylangan deputat Rasulov Otavullaxon Abdulaxadovich “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida ishsiz yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning muammolarini ijobiy hal etish hamda bandligini ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
янв.21
Эксперт гуруҳи билан муҳим вазифалар муҳокама қилинди Халқ депутатлари Олтинкўл тумани Кенгаши котибияти мудири У. Холматов ташаббуси билан Ёшлар эксперт гуруҳи вакиллари иштирокида маслаҳат учрашуви ташкил этилди. Мулоқот давомида туманда бугунги кунга қадар амалга оширилган ишлар сарҳисоб қилиниб, мавжуд натижалар таҳлил этилди. Шунингдек, айни пайтда амалга оширилаётган лойиҳаларнинг мазмун-моҳияти, уларнинг аҳоли, айниқса ёшлар ҳаётига таъсири ҳамда келгусидаги истиқболлари юзасидан фикр алмашилди. Учрашувда туман тараққиёти учун муҳим бўлган устувор йўналишлар белгилаб олиниб, уларни самарали амалга оширишда ёшларнинг ташаббуси, таклиф ва фикрларидан кенг фойдаланиш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди.
янв.21
QORAQALPOQ MAHALLASIDA IJTIMOIY MUAMMOLAR O‘RGANILDI Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Andijon viloyati kotibiyat mudiri Nasibaxon To‘ychiyeva hamda Oltinkol tuman xalq deputatlari kengashi kotibiyat mudiri 17- saroy 1saylov okrugidan saylangan deputat U.Xolmatovlar bugun “Qoraqalpoq ” MFY mahallasida ijtimoiy reestrga kiritilgan hamda kambag‘allikdan chiqarish ro‘yxatidagi 18 nafar oila vakillari bilan uchrashdi. Muloqot davomida oilalarning muammolari o‘rganilib, ularni kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar berildi. Jumladan shu mahallada yashovchi Abduholiqov Shavkatbekni tumandagi, Suv hujaligi bo‘limiga ishga joylashtirildi. Va qo‘shimcha daromat manbayi sifatida, chorvachilikni rivojlantirish maqsadida 15 milon imtiyozli kiridit  berilishi masalasi ko‘rildi.
янв.21
Халқ депутатлари Олтинкўл тумани Кенгаши котибияти мудири, 17-«Сарой-1» сайлов округидан сайланган депутат У. Холматов бугун масъул ходимлардан иборат ишчи гуруҳ билан биргаликда ҳудуддаги 27-сонли мактабгача таълим ташкилотида бўлиб, муассаса фаолиятини атрофлича ўрганди.
янв.21
Кунлик иш режаси
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLAR OLTINKOʻL TUMANI KENGASHINING 8-12-IYUN KUNLARI UCHUN MO‘LJALLANGAN HAFTALIK ISH REJASI. 🗓 8-Iiyun Mahallalarda infratuzilma holatini o‘rganish. 🗓 9-Iiyun Aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi (tibbiy xizmatlar va dorilar bilan ta’minlash) holatini o‘rganish. 🗓 10-Iiyun Mahallalarda “Mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rganish 🗓 11-Iiyun Yoshlar bandligi va kasbga yo‘naltirish ishlari holatini o‘rganish 🗓 12-Iiyun 2026 йил 16 февралдаги ПҚ–62-сон қарорнинг ижроси юзасидан Bozorlarda narx-navo barqarorligi va mahsulot sifati nazorati.
янв.21
Олтинкўл тумани халқ депутатлари Кенгаши котибияти мудири У. Холматов томонидан ҳудуддаги кутубхоналар фаолияти ва уларда яратилган шарт-шароитлар ўрганилди. Ўрганиш жараёнида кутубхоналарнинг моддий-техник базаси, китоб фондининг ҳолати, китобхонлар қамрови ҳамда аҳоли, айниқса ёшларни китобхонликка жалб этиш бўйича амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди. Шунингдек, муассасаларда китобхонлар учун яратилган қулайликлар, ўқув залларининг ҳолати, замонавий ахборот технологияларидан фойдаланиш имкониятлари ва китобхонлар сонини оширишга қаратилган ташкилий чора-тадбирлар юзасидан масъуллар билан суҳбатлар ўтказилди. Бундан ташқари, ҳудуддаги хиёбонлар ва жамоат дам олиш масканларининг санитария ҳолати, ободонлаштириш ишлари, кўкаламзорлаштириш даражаси ўрганилди. Мазкур ўрганишлар аҳолига кўрсатилаётган маданий хизматлар сифатини ошириш, китобхонлик маданиятини кенг тарғиб қилиш ҳамда ҳудудларни янада обод ва кўркам ҳолатга келтиришга хизмат қилади.
XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMAN KENGASHI

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputatlari va Kengash kotibiyati tomonidan 01-06-iyun kunlari amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hafta dayjesti

⚫️Hafta (01-06-iyun kunlari) davomida xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati va deputatlarimiz tomonidan rasmiy telegram sahifa orqali jami 44 ta tadbir va uchrashuvlar tashkil etilib, keng yoritib borildi.

⚫️Har bir chiqishda hududlardagi dolzarb masalalar va ularning yechimiga alohida e’tibor qaratildi. Amalga oshirilgan keng ko'lamli ishlar sarhisobi bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

#HAFTALIK_ISH_REJALARI_BELGILAB_OLINDI. XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI

Yangi loyihalar bo‘yicha tadbirkorlar bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputatlari X.Tavasharov va Yu.Hakimovlar so‘zga chiqib

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

“TEMIR DAFTAR” TIZIMI YANADA TAKOMILLASHTIRILMOQDA

#96_qonun #Qonun_ijrosi Kengash qarorlari qanday kuchga ega?

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Egamberdiyev Abror Ergashovichning "Aholi farovonligi uchun muhim qadam" nomli maqolasi bilan tanishing.

#24_ta_masala #Kotibiyat_mudiri_faoliyati #Deputatlik_nazorati Ijtimoiy soha doimiy nazoratda

#24_ta_masala Tuman deputati 26-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Mustafaqulov tashabbusi bilan “Yangiqurilish” MFYda joylashgan 3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

#96_Qonun Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar

DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati Mengnarova Zarifa Toshpulatovna o‘z saylov okrugi hududida joylashgan “Qorliq” mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.

DEPUTAT NAZORATI: AHOLI MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILMOQDA

HOKIM VA DEPUTAT

OLTINSOYLIK DEPUTAT "ECO EXPO CENTRAL ASIA 2026" XALQARO KO‘RGAZMASIDA ISHTIROK ETMOQDA

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Abdunazar Narmuratov tuman Kengashining 2026-yil 5-martdagi VII-16-14-8-108-K/26-sonli qarori ijrosini nazoratga olgan.

DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI TO‘G‘RISIDA

#24_ta_masala Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish yo‘lida muhim qadam

Oltinsoy tumani “Karsagan” mahallasida yashovchi fuqaro tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida murojaat qilgan edi.

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayevaning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida mahalliy vakillik organlari faoliyati tahlil qilindi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

HAFTALIK ISH REJASINI BAJARILISHI TAHLILI 2026-yil 01-06-may kunlari amalga oshirilishi

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊 Telegram 💬 Facebook 🌐 E-kengash 📸 Instagram ▶️ YouTube

Slide 1 of 1