35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ. Халқ депутатлари Олтинкўл тумани Кенгашининг 16-“Марказ” сайлов округидан сайланган депутати Исомиддинов Холмирза Хамидовичдан Сув таъминоти” АЖ раҳбари Д. Бурхоновга  “Марказ” МФЙ ҳудудида сув таъминоти тармоғида юзага келган носозликни жойига чиққан ҳолда ўрганиш, унинг келиб чиқиш сабабларини аниқлаш ва бартараф этиш, шунингдек, аҳолига ичимлик суви таъминотини барқарорлаштириш бўйича зарур чораларни кўриш сўралади.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ. Халқ депутатлари Олтинкўл тумани Кенгашининг 21-“Кўтармачек” сайлов округидан сайланган депутати Мағзумов Қурвонбой Янгибоевичдан Сув таъминоти” АЖ раҳбари Д. Бурхоновга “Кўтармачек” ҳудудидаги сув таъминоти тармоғида юзага келган носозликни жойига чиққан ҳолда ўрганиш, унинг келиб чиқиш сабабларини аниқлаш ва бартараф этиш, шунингдек, аҳолига ичимлик суви етказиб беришни барқарорлаштириш бўйича зарур чораларни кўриш сўралади.
янв.21
Andijonda Sirdaryo bilan tajriba almashish jarayonining ikkinchi kunining birinchi manzili Oltinko'l tumanida joylashgan mebel markazi bo'ldi Andijon viloyatiga xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi delegatsiyasi tajriba almashish jarayonining ikkinchi kuni avvalida Oltinko'l tumanida joylashgan "Andijon mebel markazi" bo'ldi. Mebel markaziga tashrif buyurgan mehmonlar ushbu markazda ishlab chiqarilayotgan mebellar va ularning sifati bilan yaqindan tanishdilar hamda ushbu mebel markazi faoliyati haqida ma'lumotga ega bo'ldilar.
янв.21
Ishsiz yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi Xalq deputatlari Oltinko‘l tumani Kengash 5-“Ko‘makay”saylov okrugidan saylangan deputat Rasulov Otavullaxon Abdulaxadovich “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida ishsiz yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning muammolarini ijobiy hal etish hamda bandligini ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
янв.21
Эксперт гуруҳи билан муҳим вазифалар муҳокама қилинди Халқ депутатлари Олтинкўл тумани Кенгаши котибияти мудири У. Холматов ташаббуси билан Ёшлар эксперт гуруҳи вакиллари иштирокида маслаҳат учрашуви ташкил этилди. Мулоқот давомида туманда бугунги кунга қадар амалга оширилган ишлар сарҳисоб қилиниб, мавжуд натижалар таҳлил этилди. Шунингдек, айни пайтда амалга оширилаётган лойиҳаларнинг мазмун-моҳияти, уларнинг аҳоли, айниқса ёшлар ҳаётига таъсири ҳамда келгусидаги истиқболлари юзасидан фикр алмашилди. Учрашувда туман тараққиёти учун муҳим бўлган устувор йўналишлар белгилаб олиниб, уларни самарали амалга оширишда ёшларнинг ташаббуси, таклиф ва фикрларидан кенг фойдаланиш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди.
янв.21
QORAQALPOQ MAHALLASIDA IJTIMOIY MUAMMOLAR O‘RGANILDI Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Andijon viloyati kotibiyat mudiri Nasibaxon To‘ychiyeva hamda Oltinkol tuman xalq deputatlari kengashi kotibiyat mudiri 17- saroy 1saylov okrugidan saylangan deputat U.Xolmatovlar bugun “Qoraqalpoq ” MFY mahallasida ijtimoiy reestrga kiritilgan hamda kambag‘allikdan chiqarish ro‘yxatidagi 18 nafar oila vakillari bilan uchrashdi. Muloqot davomida oilalarning muammolari o‘rganilib, ularni kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar berildi. Jumladan shu mahallada yashovchi Abduholiqov Shavkatbekni tumandagi, Suv hujaligi bo‘limiga ishga joylashtirildi. Va qo‘shimcha daromat manbayi sifatida, chorvachilikni rivojlantirish maqsadida 15 milon imtiyozli kiridit  berilishi masalasi ko‘rildi.
янв.21
Халқ депутатлари Олтинкўл тумани Кенгаши котибияти мудири, 17-«Сарой-1» сайлов округидан сайланган депутат У. Холматов бугун масъул ходимлардан иборат ишчи гуруҳ билан биргаликда ҳудуддаги 27-сонли мактабгача таълим ташкилотида бўлиб, муассаса фаолиятини атрофлича ўрганди.
янв.21
Кунлик иш режаси
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLAR OLTINKOʻL TUMANI KENGASHINING 8-12-IYUN KUNLARI UCHUN MO‘LJALLANGAN HAFTALIK ISH REJASI. 🗓 8-Iiyun Mahallalarda infratuzilma holatini o‘rganish. 🗓 9-Iiyun Aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi (tibbiy xizmatlar va dorilar bilan ta’minlash) holatini o‘rganish. 🗓 10-Iiyun Mahallalarda “Mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rganish 🗓 11-Iiyun Yoshlar bandligi va kasbga yo‘naltirish ishlari holatini o‘rganish 🗓 12-Iiyun 2026 йил 16 февралдаги ПҚ–62-сон қарорнинг ижроси юзасидан Bozorlarda narx-navo barqarorligi va mahsulot sifati nazorati.
янв.21
Олтинкўл тумани халқ депутатлари Кенгаши котибияти мудири У. Холматов томонидан ҳудуддаги кутубхоналар фаолияти ва уларда яратилган шарт-шароитлар ўрганилди. Ўрганиш жараёнида кутубхоналарнинг моддий-техник базаси, китоб фондининг ҳолати, китобхонлар қамрови ҳамда аҳоли, айниқса ёшларни китобхонликка жалб этиш бўйича амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди. Шунингдек, муассасаларда китобхонлар учун яратилган қулайликлар, ўқув залларининг ҳолати, замонавий ахборот технологияларидан фойдаланиш имкониятлари ва китобхонлар сонини оширишга қаратилган ташкилий чора-тадбирлар юзасидан масъуллар билан суҳбатлар ўтказилди. Бундан ташқари, ҳудуддаги хиёбонлар ва жамоат дам олиш масканларининг санитария ҳолати, ободонлаштириш ишлари, кўкаламзорлаштириш даражаси ўрганилди. Мазкур ўрганишлар аҳолига кўрсатилаётган маданий хизматлар сифатини ошириш, китобхонлик маданиятини кенг тарғиб қилиш ҳамда ҳудудларни янада обод ва кўркам ҳолатга келтиришга хизмат қилади.
Ulug‘bek Ziyodullayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
❗️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ulug‘bek Ziyodullayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ulug‘bek Ziyodullayev tomonidan Hayratiy mahalla fuqarolar yig‘inida 22-“Bog‘obod” saylov okrugiga qarashli mahalla vakillari, faollar hamda fuqarolar ishtirokida 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan ochiq axborot uchrashuvi tashkil etildi.

📝 Uchrashuv davomida deputat tomonidan hisobot davrida olib borilgan ishlar, hududiy o‘rganishlar, aholi murojaatlari asosida amalga oshirilgan amaliy choralar hamda ilgari surilgan tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot berildi.

🗣 Ta’kidlanganidek, deputat saylovchilar manfaatlarini himoya qilish, hududlardagi mavjud muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar olib bordi. Xususan, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining sessiyalarida hamda mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, dolzarb masalalar yuzasidan qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.

📁 Hisobot davomida mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida hududlarda olib borilgan o‘rganishlar haqida ham to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash, tibbiy xizmat sifati, sport maydonchalari va ta’lim muassasalari infratuzilmasi, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoya tizimi, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash samaradorligi masalalari doimiy nazoratga olingani qayd etildi.

📉 Shuningdek, ichki yo‘llar holati, tungi yoritish tizimi, jamoat transporti, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganishlar olib borildi.

💡 Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida bir qator deputatlik so‘rovlari yuborilgani alohida ta’kidlandi. Xususan, “Chamanzor” mahallasidagi bolalar maydonchasining nosoz holati, “Oqmachit” mahallasidagi mini futbol maydonchasini ta’mirlash, “Birlik” avtoshox bekatida yo‘lovchilar uchun qulay sharoit yaratish hamda Uchtepa ko‘chasining yakunlanmay qolgan qismida asfaltlash ishlarini tugallash masalalari deputatlik nazoratiga olinib, tegishli tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.

🔺 Bundan tashqari, Ko‘rkamobod mahallasida o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida aholi tomonidan bildirilgan ijtimoiy himoya, ichki yo‘llarni ta’mirlash, hududni obodonlashtirish, ichimlik suvi va tungi yoritish bilan bog‘liq murojaatlar o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi.

📋 Hisobot davomida atrof-muhitni muhofaza qilish va hududlarni obodonlashtirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish tizimini yaxshilash, qo‘shimcha chiqindi qutilari o‘rnatish, daraxt ekish aksiyalarini tashkil etish va yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotgani ma’lum qilindi. Shuningdek, Quyi Darxon mahalla fuqarolar yig‘ini binosini ta’mirlash yuzasidan kelib tushgan murojaat deputat tashabbusi bilan ijobiy hal etilib, mahalla binosi to‘liq ta’mirdan chiqarilgani qayd etildi.

🔎 Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarni tizimli hal etish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborish, navbatdagi sessiyalarga hududiy muammolarni kiritish hamda doimiy komissiyalar bilan hamkorlikda nazorat tadbirlarini kuchaytirish bo‘yicha kelishib olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7