Narpay tajribasi asosida Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati A.Rabimov tomonidan o‘z saylov okrugida aholi muammolarini joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida fuqarolar bilan bevosita muloqotlar tashkil etilib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy hamda kundalik hayotida uchrayotgan muammolari tinglandi. Bildirilgan har bir murojaat alohida nazoratga olinib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilandi.
Mazkur yondashuv aholining dardini o‘z vaqtida eshitish, muammolarga tezkor yechim topish hamda fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)