Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oltinko'l tuman Kengashi deputati 24-"Safarobod" saylov okrugidan saylangan Jabborova O’g’ilxon uyishqoqligi sababli, bir yordamga muxtoj Adashov Eldorbek Ergashali o‘g‘li jigar serrozi kasali bilan kasallangan fuqoroni exson tarzida yig‘ilgan mablag‘ evaziga Toshkent viloyatiga olib borildi, samarali natjaga erishildi.
янв.21
Халқ депутатлари Олтинкўл тумани кенгашининг 2-«Уйғур» сайлов округидан сайланган депутати.
янв.21
Oltinko‘l tumani hokimi. 5-saylov okrugidan saylangan deputat O.Rasulov ishtirokida fuqarolar uchun navbatdagi ochiq qabul tashkil etildi.
янв.21
Халқ депутатлари Олтинкўл тумани кенгаши. 6-"Айишахоним" сайлов округдан сайланган депутат О. Азизов бугун  махаллада бўлиб, ижтимоий ҳимояга муҳтож аҳоли хонадонларига уйма-уй ташриф буюрди.
янв.21
Xalq deputatlari Oltinko'l tuman Kengashining 2026-yil 6-11 aprel kunlariga mo‘ljallangan ish-reja grafikasi bilan tanishing:
янв.21
Халқ депутатлари Олтинкўл тумани Кенгашининг 23-сайлов округидан сайланган депутати У. Мамажрнов ҳудудда ижтимоий-иқтисодий ривожланишни таъминлаш, аҳоли бандлигини ошириш ҳамда янги иш ўринлари яратиш мақсадида амалга оширилаётган лойиҳалар билан яқиндан танишди.
янв.21
Олтинкўл тумани Халқ депутатлари Кенгаши котибияти мудири, 17-округдан сайланган депутат У. Холматов бугун “Сарой-1” МФЙда бўлиб, ижтимоий ҳимояга муҳтож аҳоли хонадонларига уйма-уй ташриф буюрди.
янв.21
Халқ депутатлари Олтинкўл тумани Кенгашининг 4-«Далварзин» сайлов округидан сайланган депутати У. Юнусова бугун ҳудуддаги бозор иқтисодиётини ривожлантириш Мебель марказига ташриф буюрди.
янв.21
𝑶𝒍𝒕𝒊𝒏𝒌𝒐‘𝒍𝒅𝒂 “𝒀𝒐𝒔𝒉𝒍𝒂𝒓 𝒌𝒖𝒏𝒊” 𝒅𝒐𝒊𝒓𝒂𝒔𝒊𝒅𝒂 𝒖𝒄𝒉𝒓𝒂𝒔𝒉𝒖𝒗 𝒐‘𝒕𝒌𝒂𝒛𝒊𝒍𝒅𝒊
янв.21
Xalq deputatlari Oltinko‘l tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 17-saylov okrugidan saylangan deputat U. Xolmatov tomonidan tumanda joylashgan 42-sonli oilaviy shifokorlik punkti (OSHP) faoliyati o‘rganildi.
Mahalla — jamoatchilik nazoratining tayanch bo‘g‘ini

Bugungi kunda mahalla nafaqat ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi institut, balki jamiyatda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda eng yaqin va ta’sirchan bo‘g‘in sifatida namoyon bo‘lmoqda. Davlat dasturlari ijrosi, byudjet mablag‘larining sarflanishi, qurilish va ta’mirlash ishlarining sifati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar — bularning barchasi avvalo mahalla darajasida seziladi va baholanadi. Shu jihatdan qaraganda, mahallaning roli faqat ijrochi emas, balki nazorat qiluvchi va tashabbus ko‘rsatuvchi institut sifatida ham ortib bormoqda.

So‘nggi yillarda “Ochiq byudjet” mexanizmi aynan shu jarayonga yangi mazmun kiritdi. Aholi o‘z hududida qaysi muammo ustuvor ekanini o‘zi belgilayapti, ovoz berayapti va mablag‘ni qaysi loyihaga yo‘naltirishni hal qilyapti. Bu esa mahallaning haqiqiy jamoatchilik platformasiga aylanayotganini ko‘rsatadi.

Joriy yilda saylov okrugi hududida fuqarolarning birdamligi va faol ishtiroki natijasida Baxshitepa hamda Navbahor mahallalarida ichki yo‘llarni asfalt qilishga qaratilgan ikki yirik loyiha g‘olib bo‘ldi. Bu natija tasodif emas. Ovoz berish jarayonida aholining uyushqoqligi, qo‘shni-qo‘shnini chaqirishi, muammoni birgalikda hal qilishga intilishi — mahallaning jonlanib borayotganidan dalolat beradi.

Ammo eng muhim jihat shundaki, loyiha g‘olib bo‘lishi ishning yakunlanishi emas, balki yangi bosqich — jamoatchilik nazorati boshlanishidir. Endi asosiy savol: ajratilgan mablag‘ qayerga va qanday sarflanyapti? Yo‘l sifatlimi? Belgilangan muddatga rioya qilinmoqdami? Pudratchi o‘z majburiyatini bajaryaptimi?

Agar mahalla ahli bu jarayonga befarq bo‘lsa, eng yaxshi loyiha ham kutilgan natijani bermasligi mumkin. Aksincha, har bir fuqaro “bu mening ko‘cham, mening mablag‘im” degan mas’uliyat bilan yondashsa, har bir metr yo‘l sifatli bo‘ladi. Shu bois mahalla faollari, deputatlar va oddiy aholi birgalikda ish olib borishi, qurilish jarayonlarini joyida kuzatishi, kamchiliklarni o‘z vaqtida ko‘tarishi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish faqat bitta loyiha bilan cheklanmaydi. U maktab, bog‘cha, tibbiyot muassasalari, kommunal xizmatlar, hatto kundalik maishiy masalalargacha qamrab olishi kerak. Mahalla shu ma’noda jamiyatning “ko‘zi va qulog‘i”ga aylanishi zarur.

Eng muhimi, bu jarayonda har bir inson o‘zini chetda tomoshabin emas, balki o‘z hududining haqiqiy egasi deb his qilishi lozim. Ana shundagina mahalla haqiqatan ham jamoatchilik nazoratining tayanch bo‘g‘iniga aylanadi.

Raxmatov Fotex Akmalovich, tuman Kengashi deputati, “Adolat” SDP a’zosi,  Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Samarqand viloyati hududiy bo‘linmasi bosh mutaxassisi

🌐 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 2