Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining qaroriga muvofiq, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida “ZO‘R KLASS” loyihasi doirasida ta’lim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish uchun 187 150 000 so‘m mablag‘ ajratildi.
💰 Ajratilgan mablag‘: 187 150 000 so‘m
🔹 Mablag‘ xorijiy mutaxassislar (Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Afrika Respublikasi, Filippin Respublikasi) uy-joy ijarasi va kommunal to‘lovlarini qoplashga yo‘naltiriladi.
✅ Bu qaror orqali xalqga qanday foyda yetadi?
- Ta’lim sifati oshadi, o‘quvchilar yangi metod va bilimlardan foydalanadi;
- Xorijiy mutaxassislar tajribasi orqali o‘qituvchilar malakasi rivojlanadi;
- Kengash qarorlari bevosita ta’lim tizimini modernizatsiya qilishga xizmat qiladi.
📌 Qaror sanasi va raqami: 2026-yil 2-aprel, VII-20-25-7-95-K/26 (https://kengash.gov.uz/doc/249241)
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)