Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Mamajonov tomonidan o‘zi saylangan 4-“Oq-oltin” saylov okrugiga qarashli “Oq-oltin” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.
🔹Qabulda Maxalla xokim yordamchisi E.Abdusamatov bilan birgalikda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan suxbatlashildi, tegishli masalalr yechildi.
🔹Maxalla xududidagi Oq-oltin 25/4 uyda yashovchi Yaxshiyev Sheraliga chorvachilik bilan shug‘ullanishi uchun imtiyozli kredit ajratish masalasi, Istiqlol 118 uyda yashovchi Madaliyeva Shaxnoza ipoteka krediti uchun boshlang'ich to'lovga yordam berish, Yasovul 2 uyda yashovchi Mo'minova Dildorani ish bilan ta’minlash masalasi xokim yordamchisi bilan birgalikda o‘rganildi va tegishli tashkilotlar bilan bog‘lanib masala ijobiy xal etildi.
🔹Shuningdek maxallada chorvadorlik va tikuvchilik uchun berilgan kreditlarni xokim yordamchisi E.Abdusamatov bilan birgalikda o'rganildi.