Tuman Kengashi raisi X.Raximov rahbarligida haftalik amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida o‘tgan hafta mobaynida bajarilgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, erishilgan natijalar hamda mavjud
kamchiliklar muhokama qilindi. Shuningdek, yig‘ilish davomida chiqarilgan deputatlik so‘rovlari ijrosi ham ko‘rib chiqildi. Keyingi hafta uchun ustuvor vazifalar belgilandi hamda yangi ish rejasi ishlab chiqildi. Belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish hamda ish samaradorligini yanada oshirish ustuvor etib belgilandi. Ish jarayonlari doimiy nazorat va muvofiqlashtirish asosida davom ettiriladi.