☆ Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati A. Djabborov o‘z hududida joylashgan fermer xo‘jaliklariga tashrif buyurib, g‘alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida g‘alla ekinlarining holati, parvarish ishlari, sug‘orish tizimi hamda hosildorlikni oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
☆ Deputat fermerlar bilan suhbatlashib, ularni qiynayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, g‘alla yetishtirishda zamonaviy agrotexnologiyalardan foydalanish, hosil sifatini oshirish va belgilangan reja ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha tavsiyalar berildi.