Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oltinko‘l tumani hokimi, Kengash deputati O. Rasulov 36-umumta’lim maktabida “Oqtepa” va “Bo‘ston” mahallalaridagi ishsiz yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Uchrashuv davomida yoshlarni ish bilan ta’minlash, kasbga yo‘naltirish va bandlik masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Олтинкўл тумани халқ депутатлари кенгашининг котибият мудири У.Холматов ишсиз ёшлар билан учрашувлар ўтказиб, 1нафар ёшни ишга жойлаштирди.
янв.21
Ёшлар тарбияси ва жиноятчиликка қарши кураш маҳалладан бошланади
янв.21
Жиноятчиликка қарши кураш маҳалладан бошланади
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президенти томонидан белгиланган “Ўзбекистон – 2030” стратегиясини ҳаётга изчил татбиқ этиш
янв.21
Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman Kengashining navbatdan tashshqari 12-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman Kengashining 11-sessiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Қонунлар тарғиботи олиб борилди.
янв.21
Pedagoglarning huquqiy ongi va madaniyati oshirilmoqda
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Xalq deputatlari Do'stlik tuman Kengashining navbatdagi 13-sessiyasi bo'lib o'tdi.

Bugun Do‘stlik tumani Madaniyat saroyida Xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashining navbatdagi 13-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat Kengashi deputatlari, viloyat hokimining o‘rinbosari Akmal Savurboyev, tuman Kengashi deputatlari, tuman faollari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Sessiya ishini Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Mohidil Qultoyeva olib bordi.

Kun tartibiga muvofiq, sessiyada tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholi farovonligini oshirish, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, shuningdek, ipakchilik va pillachilik sohasini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 30 yanvardagi “2026-2027 yillarda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-35-sonli Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman hokimi Shavkat Darvishev tomonidan hisobot taqdim etildi.

Shuningdek, tuman hokimi tomonidan 2025 yil yakunlari va 2026 yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar, hududlarni barqaror rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.

Sessiya kun tartibidan o‘rin olgan yana bir muhim masala — mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish va nazorat tizimini kuchaytirish masalasi bo‘ldi. Bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, profilaktika ishlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan vazifalar muhokama qilindi.

Shu bilan birga, Do‘stlik tumanida pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida investisiya muhitini yaxshilash, pilla yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, yangi pilla boqish maskanlarini ishga tushirish to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari Muqaddas Suyunova tomonidan hisobot berildi.

Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi hamda uning doimiy komissiyalarining 2026 yil uchun ish rejasi muhokama qilinib, tasdiqlash bo‘yicha qaror qabul qilindi. Ushbu masala yuzasidan tuman Kengashi deputati Soatxon Gʻaybullayeva axborot berdi.

Deputatlar yig‘ilishda shu kabi boshqa masalalarni ham muhokama etishdi.

Sessiya yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

https://t.me/XD_deputatlar_dustlik_tuman

https://t.me/dustlikhayoti

Slide 1 of 19