Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman Kengashining navbatdan tashshqari 12-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman Kengashining 11-sessiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Қонунлар тарғиботи олиб борилди.
янв.21
Pedagoglarning huquqiy ongi va madaniyati oshirilmoqda
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Axoli bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
Маҳалла муаммолари депутат назоратида
янв.21
Xalq deputatlari Oltinkoʻl tuman Kengashi kotibiyat mudiri U.Xolmatov hamda Erkin saylov okrugi deputati Sh.Mamadaliyeva Erkin, Maqsad, Ittifoq mahallalariga borib aholi bilan uchrashib, muammolarni oʻrganishdi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralari belgilandi.
янв.21
Халқ депутатлари Олтинкўл тумани Кенгашининг ўнинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi
#jarayon

Deputat tomonidan maktabni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganildi

Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi deputati Ibodov Ilxom tomonidan 54-umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi. O‘rganish davomida maktab binosining isitish tizimi, tom qismi, deraza va eshiklarning holati, sinfxonalar hamda yordamchi xonalar tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi. Maktabda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi, yong‘in o‘chirish vositalarining mavjudligi hamda o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar ham sinchkovlik bilan tahlil qilindi.

O'quvchilarning salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida maktabda muntazam ravishda sanitariya-gigiyena talablari bajarilishi, isitish tizimi barqaror ishlashi kerakligi qayd etildi.

Deputat o‘zining chiqishida:

“Yosh avlodga sifatli ta’lim berish uchun avvalo ularning o‘qish sharoitlari qulay bo‘lishi zarur. Maktablarimiz kuz-qish mavsumiga to‘liq tayyor holatga keltirilishi bu boradagi muhim vazifalardan biridir,” — deya ta’kidladi.

Slide 1 of 1