Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oltinkoʻl tuman Kengashining 13-sessiya yigʻilishi oldidan doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda 5 ta masala muhokama qilinib, sessiya kun tartibiga kiritildi.
янв.21
Oltinko‘l tumani hokimi, Kengash deputati O. Rasulov 36-umumta’lim maktabida “Oqtepa” va “Bo‘ston” mahallalaridagi ishsiz yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Uchrashuv davomida yoshlarni ish bilan ta’minlash, kasbga yo‘naltirish va bandlik masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Олтинкўл тумани халқ депутатлари кенгашининг котибият мудири У.Холматов ишсиз ёшлар билан учрашувлар ўтказиб, 1нафар ёшни ишга жойлаштирди.
янв.21
Ёшлар тарбияси ва жиноятчиликка қарши кураш маҳалладан бошланади
янв.21
Жиноятчиликка қарши кураш маҳалладан бошланади
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президенти томонидан белгиланган “Ўзбекистон – 2030” стратегиясини ҳаётга изчил татбиқ этиш
янв.21
Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman Kengashining navbatdan tashshqari 12-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman Kengashining 11-sessiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Қонунлар тарғиботи олиб борилди.
янв.21
Pedagoglarning huquqiy ongi va madaniyati oshirilmoqda
Birlik bizni kuchli qiladi, do‘stlik va hamkorlik esa muvaffaqiyatga eltadi

Markaziy Osiyo mamlakatlarining oxirgi yillardagi yaqinlashuvi va hamkorlikning misli ko‘rilmagan natijalari xalqaro hamjamiyat e’tiborini tortmoqda. Bu jarayonda O‘zbekiston faol lokomotiv vazifasini o‘tamoqda.

Kuni kecha Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi Markaziy Osiyo rahbarlarining Maslahat uchrashuvida ham davlatimiz rahbari tomonidan mintaqaviy integratsiyani yanada chuqurlashtirishga qaratilgan muhim takliflar ilgari surildi. Jumladan:

- uchrashuvlarni mintaqaviy muloqotning maslahat shaklidan “Markaziy Osiyo hamjamiyati” strategik formatiga aylantirish, Maslahat uchrashuvlari to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish, rotatsiya asosida faoliyat yuritadigan Kotibiyatni ta’sis etish, milliy muvofiqlashtiruvchilar maqomini Prezidentlarning maxsus vakillari darajasiga ko‘tarish;

- boy hayotiy tajriba va obro‘-e’tiborga ega jamoat arboblaridan iborat Oqsoqollar kengashini tuzish;

- savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha 2035-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan keng qamrovli mintaqaviy dasturni ishlab chiqish, umumiy investitsiya makoni to‘g‘risidagi deklaratsiyani qabul qilish; 

- elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;

- bosh vazir o‘rinbosarlari darajasida Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha kengash tashkil etish;

- “Farg‘ona tinchlik forumi” ekspertlik platformasini muntazam o‘tkaziladigan xalqaro anjumanga aylantirish; 

- 2026-2036-yillarni “Markaziy Osiyoda suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy harakatlar o‘n yilligi” deb e’lon qilish; 

- ma’naviy meros va ma’rifatparvarlik g‘oyalariga bag‘ishlangan Xalqaro kongressni har yili Maslahat uchrashuviga raislik qiluvchi mamlakatda o‘tkazib borish; 

- Mintaqaviy ilmiy tadqiqotlar jamg‘armasini tashkil qilish.

Alohida qayd etish lozimki, mintaqaviy hamkorlik tarixida ilk bor Ozarbayjon Respublikasi Markaziy Osiyo maslahat uchrashuvlari formatiga to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilindi. Natijada yangi, “Markaziy Osiyo + Ozarbayjon” hamkorlik maydoni shakllanib, mintaqa integratsiyasi geografiyasi yanada kengaydi. Uchrashuvda qardosh Ozarbayjonning qo‘shilishi yirik infratuzilma loyihalarini birgalikda rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni yanada kuchaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishi ta’kidlanmoqda. Shuningdek, ayrim ekspertlar tomonidan bu jarayon Turkiy dunyo va Islom olami birligi yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida ham e’tirof etilmoqda.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, dunyoda geosiyosiy, geoiqtisodiy tahdidlar kuchaygan, ertangi kunni bashorat qilib bo‘lmaydigan davrda “Yangi Markaziy Osiyo” deb atalgan tushuncha real voqelikka aylandi – qo‘shnilar o‘rtasida ishonch va do‘stlik ruhi tiklanib, siyosiy chegara va devorlar o‘rnini o‘zaro manfaatli ko‘priklar egallamoqda. Bu yangi mintaqaviy birdamlik ruhi Markaziy Osiyoni barqaror taraqqiyot va farovonlik sari bir yoqadan bosh chiqarib olg‘a intilayotgan yangi kuch markaziga aylanishiga xizmat qilishi shubhasiz.

D.A'zamov,

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati

Batafsil... (https://telegra.ph/Birlik-bizni-kuchli-qiladi-dostlik-va-hamkorlik-esa-muvaffaqiyatga-eltadi-11-17)

Slide 1 of 1