Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oltinko‘l tumani hokimi, Kengash deputati O. Rasulov 36-umumta’lim maktabida “Oqtepa” va “Bo‘ston” mahallalaridagi ishsiz yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Uchrashuv davomida yoshlarni ish bilan ta’minlash, kasbga yo‘naltirish va bandlik masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Олтинкўл тумани халқ депутатлари кенгашининг котибият мудири У.Холматов ишсиз ёшлар билан учрашувлар ўтказиб, 1нафар ёшни ишга жойлаштирди.
янв.21
Ёшлар тарбияси ва жиноятчиликка қарши кураш маҳалладан бошланади
янв.21
Жиноятчиликка қарши кураш маҳалладан бошланади
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президенти томонидан белгиланган “Ўзбекистон – 2030” стратегиясини ҳаётга изчил татбиқ этиш
янв.21
Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman Kengashining navbatdan tashshqari 12-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman Kengashining 11-sessiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Қонунлар тарғиботи олиб борилди.
янв.21
Pedagoglarning huquqiy ongi va madaniyati oshirilmoqda
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
#uzlidep#yoshlar_qanoti#forum

Yurtimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu va intilishlarini ro‘yobga chiqarishda ko‘maklashish – davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ham bu yo‘nalishda qator xayrli tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

🗣Partiya yoshlarning kreativ g‘oyalari va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish, ijodiy va innovatsion salohiyatini tadbirkorlik faoliyati orqali ro‘yobga chiqarish, ularni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash hamda iqtisodiy jarayonlarda faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Kreativ tadbirkor yoshlar” loyihasini samarali yo‘lga qo‘ygan.

🗣Aytish joizki, mazkur loyiha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning uzviy davomi sifatida ularning kreativ g‘oyalari va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish, ijodiy va innovatsion salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda.

🔍Olmaliq shahrida O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan navbatdagi tadbirlar majmui ham ayni maqsadda o‘tkazildi.

🔍“Kreativ tadbirkor yoshlar biznes forumi”, tajribali tadbirkorlar ishtirokida biznes treninglar, kreativ g‘oyalar yarmarkasi, “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” mavzusidagi seminar, “Deputat va yoshlar muloqot uchrashuvi”, “Hunarmandlar ko‘rgazmasi” kabi 15 dan ortiq yirik jarayonlarni o‘z ichiga jamlagan loyiha doirasidagi tadbirlar majmui kun mobaynida juda qizg‘in ruhda o‘tdi.

🔍Unda partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari Gulshana Xudoyorova, Jamoliddin Meliboyev, Oliy Majlis Senati a’zosi Mahmud Toir, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Viktor Pak, Atxam Nazirqulov, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyat Kengashi raisi Sayyora Fayziyeva, partiya viloyat Kengashi raisi To‘lqinjon Fayziyev va mutasaddilari, Milliy tadqiqot texnologik Universiteti “MISiS”ning Olmaliq filiali hamda Olmaliq davlat Texnika instituti rahbariyati, ilg‘or tajribali tadbirkorlar, korxona va tashkilotlarda faoliyat yurituvchi yoshlar, talabalar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

🔍Dastlab “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJning madaniyat markazi foyyesida namoyish qilingan kreativ g‘oyalar yarmarkasida 20 nafar startapchi yoshlarning loyihalari, 20 nafar Ay-Ti yo‘nalishidagi ixtirolar, 40 nafar muhandislik ishlanmalari, 5 nafar imkoniyati cheklangan yoshlar ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlarini namoyish etadigan ko‘rgazma hamda loyihalarning taqdimoti tashkil etildi.

🔍Shu yerning o‘zida ikkinchi ko‘rgazmaning ham taqdimoti bo‘ldi. Hunarmandlar ko‘rgazmasida 40 nafar ustalarning milliy hunarmandchilik buyumlari namoyish qilinishi barobarida master-klass ham tashkil etildi.

Slide 1 of 10