35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Халқ депутатлари Олтинкўл тумани Кенгаши котибияти мудири, 17-«Сарой-1» сайлов округидан сайланган депутат У. Холматов бугун масъул ходимлардан иборат ишчи гуруҳ билан биргаликда ҳудуддаги 27-сонли мактабгача таълим ташкилотида бўлиб, муассаса фаолиятини атрофлича ўрганди.
янв.21
Кунлик иш режаси
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLAR OLTINKOʻL TUMANI KENGASHINING 8-12-IYUN KUNLARI UCHUN MO‘LJALLANGAN HAFTALIK ISH REJASI. 🗓 8-Iiyun Mahallalarda infratuzilma holatini o‘rganish. 🗓 9-Iiyun Aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi (tibbiy xizmatlar va dorilar bilan ta’minlash) holatini o‘rganish. 🗓 10-Iiyun Mahallalarda “Mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rganish 🗓 11-Iiyun Yoshlar bandligi va kasbga yo‘naltirish ishlari holatini o‘rganish 🗓 12-Iiyun 2026 йил 16 февралдаги ПҚ–62-сон қарорнинг ижроси юзасидан Bozorlarda narx-navo barqarorligi va mahsulot sifati nazorati.
янв.21
Олтинкўл тумани халқ депутатлари Кенгаши котибияти мудири У. Холматов томонидан ҳудуддаги кутубхоналар фаолияти ва уларда яратилган шарт-шароитлар ўрганилди. Ўрганиш жараёнида кутубхоналарнинг моддий-техник базаси, китоб фондининг ҳолати, китобхонлар қамрови ҳамда аҳоли, айниқса ёшларни китобхонликка жалб этиш бўйича амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди. Шунингдек, муассасаларда китобхонлар учун яратилган қулайликлар, ўқув залларининг ҳолати, замонавий ахборот технологияларидан фойдаланиш имкониятлари ва китобхонлар сонини оширишга қаратилган ташкилий чора-тадбирлар юзасидан масъуллар билан суҳбатлар ўтказилди. Бундан ташқари, ҳудуддаги хиёбонлар ва жамоат дам олиш масканларининг санитария ҳолати, ободонлаштириш ишлари, кўкаламзорлаштириш даражаси ўрганилди. Мазкур ўрганишлар аҳолига кўрсатилаётган маданий хизматлар сифатини ошириш, китобхонлик маданиятини кенг тарғиб қилиш ҳамда ҳудудларни янада обод ва кўркам ҳолатга келтиришга хизмат қилади.
янв.21
Халқ депутатлари Олтинкўл тумани Кенгашининг 8-«Айрончи» сайлов округидан сайланган депутати Д. Каримов томонидан сайловчилар билан учрашувлар ўтказилди. Учрашувлар давомида депутат ўз округи ҳудудидаги маҳаллаларда аҳоли билан бевосита мулоқот қилиб, хонадонма-хонадон юриб фуқароларнинг муаммо ва таклифларини ўрганди. Суҳбатлар жараёнида маҳалладаги ижтимоий-иқтисодий масалалар, аҳолини қийнаётган муаммолар ҳамда уларни бартараф этиш бўйича таклифлар муҳокама қилинди. Ўрганишлар натижасида бир нафар ёш фуқаро тадбиркорлик фаолиятини йўлга қўйиш ва ривожлантириш мақсадида имтиёзли кредит олиш истагини билдириб мурожаат қилди. Мазкур мурожаат атрофлича ўрганилиб, амалдаги тартиб ва имкониятлар юзасидан тушунтиришлар берилди ҳамда масалани ижобий ҳал этиш мақсадида тегишли мутасадди ташкилотларга йўналтирилди. Депутат томонидан келиб тушаётган ҳар бир мурожаатни назоратга олиб, уларнинг ижросини таъминлаш бўйича амалий ишлар изчил давом эттирилмоқда.
янв.21
📝 Халқ депутатлари Олтинкўл тумани Кенгаши котибияти мудири ҳамда 8-“Айрончи” сайлов округидан сайланган депутат Каримов Дилмуроджон Азимович иштирокида маҳаллада ўрганиш ишлари олиб борилди. Ўрганиш давомида маҳалладаги хонадонлар ҳолати, аҳолининг турмуш шароити, томорқа ер майдонларидан самарали фойдаланиш, оилавий тадбиркорлик ва даромад манбаларини кенгайтириш бўйича амалга оширилаётган ишлар билан яқиндан танишилди. Шунингдек, фуқаролар билан мулоқот қилиниб, уларни қийнаётган масалалар, таклиф ва мурожаатлар тингланди. Аниқланган муаммоларни ҳал этиш юзасидан тегишли масъулларга вазифалар белгилаб берилди ҳамда аҳоли фаровонлигини оширишга қаратилган ишлар юзасидан тавсиялар берилди.
янв.21
Xalq deputatlari Oltinkoʻl tumani Kengashi Viloyat deputati M.Sultonova xamda Kotibyat murudi U.Xolmatov bilan birgalikda Koʻtarmachek MFY hududidagi ko‘chalarda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish jarayonida yo‘l qurilishi sifati, ishlarning borishi va belgilangan muddatlarga rioya etilishi alohida e’tiborga olindi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berilib, ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha tavsiyalar bildirildi. Hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulay sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
янв.21
Соат 08:30–09:00 Ходимларнинг ишга ўз вақтида келиши назорат қилиниб, кунлик вазифалар белгилаб берилади. Ҳар бир ходимга камида 3 тадан топшириқ (2 та депутатлик ва 1 та комиссия йўналишида) тақсимланади. Э-Кенгаш орқали келиб тушган мурожаатлар кўриб чиқилиб, ижрочиларга бириктирилади. Соат 10:00–12:00 28 та “Янги Ўзбекистон” ва 52 та “оғир” маҳаллаларда олиб борилаётган ишлар вилоят Кенгаши депутати ҳамда Кўтармачек ҳудуди вакиллари билан биргаликда ўрганилади. Соат 13:00–15:00 Ўрганиш ишлари Оқтумор ҳудудида давом эттирилиб, аҳоли муаммолари ўрганилади ва тегишли таклифлар шакллантирилади. Соат 15:00–16:30 Депутатлар фаолияти ва тадбирларини ахборот каналларида ёритиш ишлари ташкил этилади. Соат 16:30–17:30 Кун якуни бўйича бажарилган ишлар таҳлил қилиниб, режа ижроси мониторинг қилинади.
янв.21
Халқ депутатлари Олтинкўл туман Кенгаши котибят мудури Холматов Умиджон Алижонович бугунги иш режасига мувофиқ Жумладан, «Сарой» МФЙдаги оғир ҳудуд маҳалласида амалга оширилаётган ишлар билан яқиндан танишди. Ўрганишлар давомида ҳудудда олиб борилаётган ободонлаштириш, инфратузилмани яхшилаш, аҳолига қулай шароитлар яратишга қаратилган ишлар кўздан кечирилди. Шунингдек, маҳалла фаоллари ва аҳоли билан мулоқот ўтказилиб, уларнинг таклиф ва мурожаатлари тингланди.
янв.21
Соат 08:30–09:00 Ходимларнинг ишга келиши назорат қилиниб, кунлик вазифалар (ҳар бир ходимга камида 3 та) белгилаб берилади. Келиб тушган мурожаатлар кўриб чиқилиб, масъулларга тақсимланади. Соат 09:00–10:00 Вилоят Кенгаши йиғилишида иштирок этиш. Соат 10:00–13:00 Халк депутатлари Олтинку́л туман Депутат У.Холматовнинг у́зи сайланган "Сарой"-1 округидаги масалаларни ўрганиш ва депутатлар фаолиятини ташкил этиш ишлари. Соат 14:00–15:30 Маҳаллаларда амалга оширилаётган ишлар жойида ўрганилади. Соат 15:30–17:30 Депутат сўровлари ва тадбирларини ОАВ ҳамда ижтимоий тармоқларда ёритиш. Соат 17:30–18:00 Кун якуни бўйича таҳлил ва мониторинг ишлари.
Prezident Farmoni jamoatchilik e'tiborida

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati boshchiligida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari, nuroniylar jamoatchilik kengashi a'zolari, Yoshlar parlamenti maktabi a'zolari, yoshlar yetakchilari va boshqa jamoatchilik Kengashi a'zolari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda davlat hokimiyatini xalqqa yanada yaqinlashtirish, xalq hokimiyatchiligi asoslarini kuchaytirish maqsadida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq hokimlar va mahalliy Kengashlarning vakolatlari bir-biridan ajratildi.

Aholining joylardagi dolzarb muammolarini hal etish uchun chinakam “xalq ovozi” bo‘lmish mahalliy Kengashlarga keng vakolatlar berildi, mahalliy Kengashlarga hokim emas, balki deputatlar orasidan saylanadigan rais boshchilik qilishi belgilab qo‘yildi.

Kuni kecha qabul qilingan Farmon – mahalliy darajada davlat hokimiyatini transformatsiya qilishga, tom ma’noda xalqchil tizimni joriy etishga qaratilgan muhim siyosiy islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Farmon bilan O‘zbekiston mahalliy boshqaruvi tarixida birinchi marotaba mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini yangi model – “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida isloh qilishga qaratilgan qator qoidalar belgilab berildi.

 Birinchidan, jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda ushbu hududda istiqomat qilayotgan aholining fikrini inobatga olish, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining rolini oshirish maqsadida ta’lim, atrof-muhitni muhofaza qilish, shaharsozlik, transport va hududning infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan 33 ta vakolat Kengashlar ixtiyoriga o‘tkazilmoqda. Jumladan:

 1) Ta’lim sohasida:

Tegishli hududda davlat bog‘cha va maktablarini tashkil etish bo‘yicha qaror aynan  mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilinadi.

Endilikda, hududdagi ehtiyojni har tomonlama o‘rgangan holda, qaysi hududda, mahallada yangi maktab yoki bog‘cha tashkil etish kerak, qaysi birini kengaytirish, qaysisini tugatish kerakligini aholi irodasining ko‘zgusi bo‘lmish  xalq vakillari hal etadi.

 2) Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida:

Atmosfera havosini ifloslantiruvchi yoki unga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi korxona va inshootlar quriladigan joylar, chiqindilar ko‘mib tashlanadigan joylar xalq vakillari roziligi bilan belgilanadi.

Mahalliy ahamiyatga molik bo‘lgan kurort tabiiy hududlar, rekreatsiya zonalari, botanika va dendrologiya bog‘lari, tabiat bog‘lari ham faqatgina Kengashlar roziligi bilan tashkil etiladi yoki tugatiladi.

Ya’ni, bu boradagi qarorlar tegishli hudud aholisi tomonidan saylangan deputatlar fikrini inobatga olgan holda, kollegial tartibda qabul qilinadi.

Mazkur islohot, shubhasiz, umummilliy boyligimiz bo‘lmish

tabiiy resurslarni asrashga xizmat qiladi.

 3) Shaharsozlik va transport sohasida:

Shahar yo‘lovchilar transportida yo‘lovchi va bagaj tashish tariflari mahalliy Kengashlar tomonidan belgilanadi.  Fuqarolarning alohida toifalari uchun imtiyozli tariflar Kengash qarori bilan joriy etiladi.

Shuningdek, shahar yo‘lovchi transportida yo‘nalishlarni tashkil etish, yangi yo‘nalishlar ochish, bekatlar, to‘xtab turish va dispetcherlik manzillarini joylashtirish yerlari mahalliy Kengash bilan kelishilishi lozimligi belgilanmoqda.

Transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi ob’ektlariga, tabiiy ob’ektlarga nom berish hamda ularning nomlarini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar bevosita mahalliy Kengashlar tomonidan kiritiladi.

Bundan tashqari, ayrim toifadagi shaharsozlik faoliyati ob’ektlarini mahalliy ahamiyatga molik ob’ektlar sirasiga kiritish ham mahalliy Kengashlar qarori bilan amalga oshiriladi.

 4) Hudud infratuzilmasini rivojlantirish sohasida:

Aholi punktlarining hududiy zonalari toifalariga mahalliy sharoitlardan kelib chiqib o‘zgartirish kiritish, ichimlik suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish bo‘yicha xizmatlar uchun tariflarni tasdiqlash kabilar ham Kengashlar tomonidan amalga oshirilishi uzil-kesil hal etilmoqda.

Ta’kidlash joiz, bu kabi vakolatlarning egasi etib mahalliy Kengashlarning belgilanishi jamiyat hayoti uchun muhim bo‘lgan masalalarni aholi fikrini inobatga olgan holda xalq vakillari tomonidan hal qilish imkonini beradi.

 Ikkinchidan, yillar davomida mahalliy Kengashlar zimmasiga yuklanib kelingan qator vakolat va funksiyalar tizimlashtirilmoqda.

Xususan, mahalliy Kengashlarga mahalliy hokimliklar, hududdagi davlat organlari va tashkilotlari hisobotlarini eshitishda mazmunan yaqin sohalarda o‘zaro takrorlanuvchi vazifalar yuklanganligi sababli ularni qayta ko‘rib chiqish, maqbullashtirish hamda tizimlashtirish zarurati mavjud edi. 

Kengashlarning qonunchilikdagi vakolatlari tizimlashtirilmagani natijasida, mahalliy Kengashlar hokimliklar va  qator davlat idoralarining u yoki bu sohaga oid hisobot va axborotlarini yiliga qariyb yuzdan ortiq marotaba eshitishi lozim edi. Bu esa, mahalliy Kengashlarning ish yuklamasini sun’iy ravishda oshirib, joylarda haddan tashqari tartibga solishga sabab bo‘lib, muhim vakolatlar nomigagina amalga oshirilishiga sabab bo‘layotgan edi.

Shu bilan birga ichki ishlar organlarining hududiy bo‘linmalari rahbarlari, ularning tarmoq bo‘yicha o‘rinbosarlari, shuningdek mahallalardagi profilaktika inspektorlari ham mahalliy Kengashlarga alohida-alohida hisobot berar edi.

Shu sababli, Farmon bilan Kengashlarning hisobot va axborot eshitishga oid ayrim vakolatlari qayta ko‘rib chiqilib, ular sohalar bo‘yicha tizimlashtirildi.

Farmon bilan Kengashlar oldida tegishli hududda faqatgina hokim, shuningdek hududiy davlat organlarining birinchi rahbarlari hisobdorligi belgilanishi kelgusida ushbu rahbarlarning Kengash oldida ham siyosiy ham professional mas’uliyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

 Uchinchidan, “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida qonunchilik hujjatlaridagi 100 dan ortiq vakolatlarni mahalliy Kengash va ijroiya hokimiyati o‘rtasida aniq taqsimlash yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi.

Konstitutsiyaviy islohotlar natijasida 2024 yilgi saylov yakunlari bo‘yicha, dastlab viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarida, so‘ngra

2026 yildan e’tiboran tuman (shahar) Kengashlarida Kengash raislari va hokimlar alohida-alohida faoliyat yuritishi belgilandi.

Shu sababli, amaldagi qonunchilik bilan bugunga qadar mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklatilgan umumiy vazifa va funksiyalarning mahalliy vakillik organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasida aniq taqsimlanishi belgilanmoqda.

Shunga ko‘ra, Farmon bilan “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi va manfaatdor vazirlik va idoralarga Adliya vazirligi bilan birgalikda tegishli qonunchilikdagi vakolatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish topshirildi.

Takliflarni ishlab chiqishda – jamiyat manfaatlariga bevosita daxl qiluvchi masalalarni hal etishga xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining mas’ul ekanligi bilan birga, hokimliklarning hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi tashabbuskorligini oshirishga ham alohida e’tibor qaratiladi.

 To‘rtinchidan, Kengashlarning o‘z faoliyatini davlat hokimiyati organlaridan mustaqil ravishda amalga oshirishi kafolatlanmoqda.

Xususan, endilikda:

mahalliy Kengashlar zimmasiga vazifa va funksiyalar faqatgina qonun hujjatlari bilan yuklanishi;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan mahalliy Kengashlar faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi;

kelgusida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda tegishli vazifalarni mahalliy vakillik organlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasida aniq belgilab borish;

amaldagi qonunchilikdagi mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuklatilgan va Kengashlar faoliyatiga xos bo‘lmagan vazifalar ijrosi bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mas’ul ekanligi belgilanmoqda.

Ushbu yangiliklar, shubhasiz, mahalliy Kengashlarning o‘z faoliyatini faqatgina o‘z saylovchilari va tegishli hudud manfaatini ko‘zlagan holda amalga oshirishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

 Beshinchidan, Kengashlarning samarali faoliyati uchun ular zarur shart-sharoitlar va moddiy-texnika bilan ta’minlanadi.

Xususan, Farmonga muvofiq xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) Kengashlarini alohida-alohida bino bilan ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi. Bunda:

birinchi bosqichda (2024 yilning 1 oktabriga qadar) – viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarini, ikkinchi bosqichda (2025 yil 1 dekabrga qadar) – tuman va shahar Kengashlarini bino va inshootlar bilan ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘riladi.

Buning uchun, Kengashlar joylashgan bino-inshootlar to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi, xorijiy amaliyotni inobatga olgan holda, mahalliy Kengashlar binolariga va ularni jihozlashga doir minimal talablar ishlab chiqiladi.

Farmonda belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi Kengashlarni joylardagi aholi manfaatlarini himoya qilish, hal etilishi lozim bo‘lgan masalalarga imkon qadar tezroq yechim topish, viloyat, tuman va shahar hokimining mahalliy Kengashlar oldidagi hisobdorligi, mas’uliyati va javobgarligini oshirishga, mahalliy davlat hokimiyati darajasida bir-birini tiyib turuvchi mexanizmlar samarali ishlashiga xizmat qiladi. 


Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati 
Slide 1 of 6