Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ. Халқ депутатлари Олтинкўл тумани Кенгашининг 16-“Марказ” сайлов округидан сайланган депутати Исомиддинов Холмирза Хамидовичдан Сув таъминоти” АЖ раҳбари Д. Бурхоновга  “Марказ” МФЙ ҳудудида сув таъминоти тармоғида юзага келган носозликни жойига чиққан ҳолда ўрганиш, унинг келиб чиқиш сабабларини аниқлаш ва бартараф этиш, шунингдек, аҳолига ичимлик суви таъминотини барқарорлаштириш бўйича зарур чораларни кўриш сўралади.
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ. Халқ депутатлари Олтинкўл тумани Кенгашининг 21-“Кўтармачек” сайлов округидан сайланган депутати Мағзумов Қурвонбой Янгибоевичдан Сув таъминоти” АЖ раҳбари Д. Бурхоновга “Кўтармачек” ҳудудидаги сув таъминоти тармоғида юзага келган носозликни жойига чиққан ҳолда ўрганиш, унинг келиб чиқиш сабабларини аниқлаш ва бартараф этиш, шунингдек, аҳолига ичимлик суви етказиб беришни барқарорлаштириш бўйича зарур чораларни кўриш сўралади.
янв.21
Andijonda Sirdaryo bilan tajriba almashish jarayonining ikkinchi kunining birinchi manzili Oltinko'l tumanida joylashgan mebel markazi bo'ldi Andijon viloyatiga xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi delegatsiyasi tajriba almashish jarayonining ikkinchi kuni avvalida Oltinko'l tumanida joylashgan "Andijon mebel markazi" bo'ldi. Mebel markaziga tashrif buyurgan mehmonlar ushbu markazda ishlab chiqarilayotgan mebellar va ularning sifati bilan yaqindan tanishdilar hamda ushbu mebel markazi faoliyati haqida ma'lumotga ega bo'ldilar.
янв.21
Ishsiz yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi Xalq deputatlari Oltinko‘l tumani Kengash 5-“Ko‘makay”saylov okrugidan saylangan deputat Rasulov Otavullaxon Abdulaxadovich “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida ishsiz yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning muammolarini ijobiy hal etish hamda bandligini ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
янв.21
Эксперт гуруҳи билан муҳим вазифалар муҳокама қилинди Халқ депутатлари Олтинкўл тумани Кенгаши котибияти мудири У. Холматов ташаббуси билан Ёшлар эксперт гуруҳи вакиллари иштирокида маслаҳат учрашуви ташкил этилди. Мулоқот давомида туманда бугунги кунга қадар амалга оширилган ишлар сарҳисоб қилиниб, мавжуд натижалар таҳлил этилди. Шунингдек, айни пайтда амалга оширилаётган лойиҳаларнинг мазмун-моҳияти, уларнинг аҳоли, айниқса ёшлар ҳаётига таъсири ҳамда келгусидаги истиқболлари юзасидан фикр алмашилди. Учрашувда туман тараққиёти учун муҳим бўлган устувор йўналишлар белгилаб олиниб, уларни самарали амалга оширишда ёшларнинг ташаббуси, таклиф ва фикрларидан кенг фойдаланиш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди.
янв.21
QORAQALPOQ MAHALLASIDA IJTIMOIY MUAMMOLAR O‘RGANILDI Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Andijon viloyati kotibiyat mudiri Nasibaxon To‘ychiyeva hamda Oltinkol tuman xalq deputatlari kengashi kotibiyat mudiri 17- saroy 1saylov okrugidan saylangan deputat U.Xolmatovlar bugun “Qoraqalpoq ” MFY mahallasida ijtimoiy reestrga kiritilgan hamda kambag‘allikdan chiqarish ro‘yxatidagi 18 nafar oila vakillari bilan uchrashdi. Muloqot davomida oilalarning muammolari o‘rganilib, ularni kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar berildi. Jumladan shu mahallada yashovchi Abduholiqov Shavkatbekni tumandagi, Suv hujaligi bo‘limiga ishga joylashtirildi. Va qo‘shimcha daromat manbayi sifatida, chorvachilikni rivojlantirish maqsadida 15 milon imtiyozli kiridit  berilishi masalasi ko‘rildi.
янв.21
Халқ депутатлари Олтинкўл тумани Кенгаши котибияти мудири, 17-«Сарой-1» сайлов округидан сайланган депутат У. Холматов бугун масъул ходимлардан иборат ишчи гуруҳ билан биргаликда ҳудуддаги 27-сонли мактабгача таълим ташкилотида бўлиб, муассаса фаолиятини атрофлича ўрганди.
янв.21
Кунлик иш режаси
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLAR OLTINKOʻL TUMANI KENGASHINING 8-12-IYUN KUNLARI UCHUN MO‘LJALLANGAN HAFTALIK ISH REJASI. 🗓 8-Iiyun Mahallalarda infratuzilma holatini o‘rganish. 🗓 9-Iiyun Aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi (tibbiy xizmatlar va dorilar bilan ta’minlash) holatini o‘rganish. 🗓 10-Iiyun Mahallalarda “Mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rganish 🗓 11-Iiyun Yoshlar bandligi va kasbga yo‘naltirish ishlari holatini o‘rganish 🗓 12-Iiyun 2026 йил 16 февралдаги ПҚ–62-сон қарорнинг ижроси юзасидан Bozorlarda narx-navo barqarorligi va mahsulot sifati nazorati.
янв.21
Олтинкўл тумани халқ депутатлари Кенгаши котибияти мудири У. Холматов томонидан ҳудуддаги кутубхоналар фаолияти ва уларда яратилган шарт-шароитлар ўрганилди. Ўрганиш жараёнида кутубхоналарнинг моддий-техник базаси, китоб фондининг ҳолати, китобхонлар қамрови ҳамда аҳоли, айниқса ёшларни китобхонликка жалб этиш бўйича амалга оширилаётган ишлар таҳлил қилинди. Шунингдек, муассасаларда китобхонлар учун яратилган қулайликлар, ўқув залларининг ҳолати, замонавий ахборот технологияларидан фойдаланиш имкониятлари ва китобхонлар сонини оширишга қаратилган ташкилий чора-тадбирлар юзасидан масъуллар билан суҳбатлар ўтказилди. Бундан ташқари, ҳудуддаги хиёбонлар ва жамоат дам олиш масканларининг санитария ҳолати, ободонлаштириш ишлари, кўкаламзорлаштириш даражаси ўрганилди. Мазкур ўрганишлар аҳолига кўрсатилаётган маданий хизматлар сифатини ошириш, китобхонлик маданиятини кенг тарғиб қилиш ҳамда ҳудудларни янада обод ва кўркам ҳолатга келтиришга хизмат қилади.
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyatning faoliyati to'g'risida matbuot anjumani o‘tkazildi

 Xalq deputatlari tuman Kengashini hududlardagi mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy bo‘g‘inga aylantirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida matbuot anjumani o‘tkazildi. Matbuot anjumanida Kengash kotibiyati mudiri J.Axunov, tuman Kengashi deputatlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.  

Matbuot anjumanini “Payariq hayoti” gazetasi muharriri A. Tavboev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Anjumanda J.Axunov kun tartibidagi masala yuzasidan axborot berdi.   

Deputatlarning aholi bilan samarali muloqot olib borishi, ularni o‘ylantirayotgan masalalarni hal etishi, murojaatlarni ko‘rib chiqishi, qonun, qaror va dasturlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib borishiga qulaylik yaratish maqsadida doimiy asosda ishlovchi Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi kotibiyati 2021 yil 23 yanvaridan o‘z ish faoliyatini boshlagan. Kotibiyat tuman Kengashi faoliyatini axborot-tahliliy, huquqiy, tashkiliy ta’minlash; tuman Kengashi, uning doimiy komissiyalarining nazorat sohasidagi vakolatlarini samarali amalga oshirishga ko‘maklashish; mahalliy ijro hokimiyati, davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa idoralar rahbarlari va mansabdor shaxslarining hisobotlari (axborotlari) eshituvini tashkil qilishga ko‘maklashish; tuman Kengashida o‘tkazilishi
mo‘ljallangan tadbirlar rejalari loyihalarini tayyorlash, tuman Kengashi raisining topshirig‘iga binoan va doimiy komissiyalarning takliflari asosida sessiya kun tartibi loyihasini shakllantirish hamda ushbu hujjatlarni tayyorlash, tuman Kengashi va uning doimiy komissiyalari muhokamasiga kiritiladigan masalalar yuzasidan materiallar va takliflar tayyorlanishiga ko‘maklashish,
Kotibiyat mahalliy Kengashning har bir deputatini doimiy ravishda zarur axborotlar, tahliliy ma’lumotlar bilan ta’minlab borish; Mahalliy davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining qonun va qonun osti hujjatlarida belgilangan masalalar bo‘yicha hisobot va axborotlari eshituvini tashkil qilishda doimiy komissiyalarga ko‘maklashish; tuman Kengashi
raisi topshirig‘iga binoan tuman Kengashi vakolatiga taalluqli huquqiy masalalar yuzasidan xulosalar tayyorlanishini tashkil etish,
tuman Kengashi
va uning doimiy komissiyalari qarorlari loyihalarining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek yuridik texnika talablariga muvofiqligini ko‘rib chiqish, mazkur hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash, normativ-huquqiy tusga ega qarorlarning mahalliy Kengash muhokamasiga kiritilishidan oldin tuman adliya bo‘limida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil qilish
kabi asosiy vazifalari amalga oshiradi. 

 Doimiy ravishda sessiyalarda aholini qiynab kelayotgan muammolar muhokama qilinib tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ushbu chora-tadbirlarning ijrosi xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiya raislari tomonidan ta’minlanib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish
choralari ko‘rilmoqda. 

Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 30 ta saylov okrugi mavjud bo‘lib, bugungi kunda 30 nafar deputat tuman Kengashida faoliyat olib bormoqda.  

2024 yil davomida Kengash faoliyatining samaradorligini oshirish, aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashini hamda doimiy komissiyalarini yarim yillik ish rejasi ishlab chiqilgan. 

Deputatlarimiz tomonidan aholini qiynab kelayotgan muammolarni joyiga chiqgan holda aholi bilan uchrashib bartaraf qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Tuman Kengashi kotibiyati tomonidan 2024 yilda ham deputatlarning o‘z okruglarida sayyor qabullar o‘tkazish bo‘yicha reja-jadvallar ishlab chiqish va nazoratga olish belgilab olingan. 

Xalq deputatlari tuman Kengashi, oldingidek nomiga uchungina ishlaydigan, (nomi boru, o‘zi yo‘qdek) emas, bugungi kunga kelib doimiy harakatdagi rivojlanib borayotgan nazorat organiga aylanmoqda.  

Deputatlar tomonidan 2024 yilda brifing va matbuot anjumanlarini o‘tkazish reja-grafik asosida tashkil etilgan bo‘lib o‘z navbatida deputatlarning saylovchilari oldidagi mas’uliyatini oshirishga qaratilgan. 

deputatlarni mahallalardagi muammolarni hal qilishdagi rolini oshirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush darajasini
oshirish, mahalliy budjetni shakllantirish va nazorat qilish bo‘yicha mas’uliyati oshib borayotganligi bugungi kunda sir emas. 

O‘tkazilinayotgan sessiyalarda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan farmon va qarorlarda belgilanayotgan vazifalar ustidan deputatlik nazoratini yo‘lga qo‘yish masalalari alohida aks ettirilib, ijrochilarning hisobdor ekanligi belgilab qo‘yilmoqda.  

Bu esa, deputatlardan har doimgidan ham faol va samarali faoliyat yuritishni, o‘z ustida doimiy ishlash zarurligini, qonunchilikdagi yangilardan doimiy xabardor bo‘lib turish lozimligini talab qilmoqda.  

Tumanimizdagi islohotlarni izchil davom ettirishda tuman Kengashi deputatlari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish asosiy vazifalarimizdan biridir.  

 Shuningdek, matbuot anjumanida Axborot siyosati va maxalliy davlat orgonlarida ochiqlikni taminlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiya
raisi Sh.Mirzaqulov, tuman Kengashi deputatlari D.Mamasolieva, S.Qosimova, D.Zokirova, va boshqalar ham Kengashning o‘tgan yillardagi faoliyati, qo‘lga kiritilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar xususida o‘z fikrlarini bildirishdi.  

Slide 1 of 1